“Özbekneftgaz” kompaniyasi 2026-yilda 22,8 mlrd kub gaz qazib çiqarişi kutilmoqda. Bu haqda kompaniya raisining birinçi örinbosari Suhrob Hamroyev 6-oktabr kuni davlat rahbari huzuridagi yiğilişdan keyin “Özbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.
“Yil yakuniga 22,8 mlrd kub gaz qazib çiqariladi va boşqa sanoat mahsulotlarimiz ham 100 foiz reja bilan bajarilişi taʼminlanadi”, – dedi Hamroyev.
Eslatib ötamiz, yanvar oyida eʼlon qilingan rejali körsatkiç böyiça, “Özbekneftgaz” 2026-yilda kamida 25,4 mlrd kub metr gaz qazib çiqarişi belgilangan edi.
Maʼlumot uçun, kompaniya 2025-yilda 25,2 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib çiqargani haqida hisobot bergan.

















