Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori Sohibjon Murodov Özbekistondagi köplab neft konlarining “Sanoat energetika guruhi” (Saneg) tasarrufiga qanday asosda ötkazilganiga izoh berdi. Maʼlum bölişiça, bu konlarga berilgan litsenziyalar bekor qilingan.
8-oktabr kungi matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri mamlakatdagi strategik ahamiyatga ega neft konlari nima sababdan oçiq savdolarsiz xususiy kompaniyaga berilgani haqida söradi.
Murodovning tuşuntirişiça, neft konlarining özi xususiylaştirilmagan, Saneğga faqat yer qaʼridan foydalaniş huquqini beruvçi litsenziyalar taqdim etilgan.
“Konlarning özi xususiylaştirilmaydi, çunki ular tabiiy resurs hisoblanadi. Bizda yer qaʼridan foydalaniş huquqi beriladi, yaʼni litsenziya ajratiladi. Saneg kompaniyasiga ham aynan yer qaʼridan foydalaniş huquqini beruvçi litsenziyalar taqdim etilgan. Bunday amaliyot boşqa kompaniyalarda ham mavjud”, - dedi agentlik direktori.
Sohibjon Murodovning aytişiça, ilgari yer qaʼridan foydalaniş huquqini beruvçi litsenziyalarni oliş tartibi hozirgidan farq qilgan. Vazirlar Mahkamasining 133-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, avvalgi amaliyotda yer qaʼri uçastkasidan foydalaniş uçun birinçi bölib murojaat qilgan şaxs belgilangan tölovlarni amalga oşiriş orqali litsenziya olişi mumkin bölgan.
Keyinçalik bu tartib özgartirilib, uglevodorod konlaridan foydalaniş huquqini autsion orqali beriş mexanizmi joriy qilingan.
“Avvalgi amaliyotda kon böyiça litsenziya oliş uçun birinçi murojaat qilgan şaxs qonunçilikda belgilangan tölovni amalga oşirib, yer qaʼridan foydalaniş huquqini olişi mumkin edi.
Keyinçalik yangi amaliyot kiritildi. Uglevodorodlar böyiça ham litsenziya beriş huquqi autsionga ötkazildi. Bu tartib 2023–2024-yillardan boşlab joriy etildi. Ungaça litsenziyalarni töğridan töğri oliş amaliyoti mavjud bölgan”, – dedi Davaktiv rahbari.
Uning aytişiça, hozirda bu litsenziyalar bekor qilingan.
“Menga maʼlum bölişiça, litsenziya olingan konlar xöjalik aylanmasiga kiritilmagani va litsenziya şartlari bajarilmagani sababli bugungi kunda bu litsenziyalar bekor qilingan.
Hozir Geologiya vazirligi tomonidan uşbu konlardan samarali foydalaniş böyiça çora-tadbirlar işlab çiqilmoqda”, – dedi agentlik rahbari.
















