AQŞning Fitzgerald esminetsi Yaponiyaning Yokosuka şahri sohillaridan 100 km uzoqlikda Filippinga tegişli ACX Crystal savdo kemasi bilan töqnaşgandan keyin 7 nafar amerikalik dengizçi bedarak yöqolgan, esminets sardori boşidan qattiq jarohat olgan. Bu haqda Yaponiya sohilböyi qöriqlaş xizmatiga iqtibos keltirgan holda CNN telekanali xabar bermoqda.  

Ma'lum qilinişiça, voqea 17 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 2:30larda yuz bergan.

AQŞ harbiy-dengiz kuçlari vakilining CNN’ga ma'lum qilişiça, esminets dvigatellari qisman zararlangan bölib, u öz yurişi bilan harakatlanayotgan bölişi mumkin. Esminets töqnaşuv oqibatida suv bilan töla boşlagan, biroq ekipaj tryumdan suvni tortib olgan.

AQŞ HDK dengizçilar yöqolgani va yaralangani haqidagi axborotni tasdiqlamagan. AQŞ floti vakili Yaponiya sohilböyi qöriqlaş xizmati vertolyoti dengizçilarni evakuatsiya qilişga yordam berganini ma'lum qilgan, Yaponiyaning NHK telekanali esa yaralangan dengizçilar videosini körsatgan, deb xabar bermoqda CNN.