«Real» hujumçisi Kriştianu Ronalduning faoliyatini yoritib boruvçi, bu mavzudagi eng yaxşi ekspert hisoblanmiş portugaliyalik jurnalist Nunu Luj ma'lum qildiki, bu futbolçi Ispaniyada boşqa öynamaslik böyiça qaror qabul qilib bölgan.
«Ronaldu Ispaniyada boşqa öynamoqçi emas.
Uning hisoblaşiça, unga bu yerda moliyaviy jihatdan katta zarar yetkazişdi, uni heç kim himoya qilmadi. Ronaldu söralgan barça işni qildi, ammo endi u yangi klub axtaradi.
Unga Ispaniya yoqadi, u ajoyib şahar – Madridda yaşaydi, uning mahbubasi ispaniyalik. Ammo hozirgi vaziyatda Ronaldu «Real»ning qöllovini his qilmayapti.
U bundan darğazab, çunki bu uning aybi emas, moliyaviy masalani klub hal etişi kerak. Ammo men bu haqda köp gapirişni istamayman, garçi köp bilsamda», – degan Luj Radio MARCA efirida.
Bugun A Bola xabar qildiki, Ronaldu soliqlar bilan boğliq mojaro tufayli «Real»ni tark etiş istagida. Madridliklar klubi esa uni fikridan qaytarişga harakat qilmoqda.












