Futbol böyiça Portugaliya milliy jamoasi sardori Kriştianu Ronaldu milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida eʼlon qildi.
U ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida beş daqiqalik murojaatini eʼlon qilgan. Unda milliy jamoadan ketiş uning uçun oson qaror bölmaganini, ammo «bugun vaqti kelgani»ni aytgan.
«Portugaliya xalqiga. Barçamizga tegişli bölgan yettinçi raqam va terma jamoa sardorlik boğiçini qaytariş vaqti keldi. Men heç qaçon buni özimniki deb hisoblamaganman, lekin 23 yil davomida bu libosni kiyiş baxti va masʼuliyatiga ega böldim, bu libosda butun dunyo stadionlarida yurtimiz şarafini himoya qilişga harakat qildim. Bugun bu estafetani yangi avlodga uzatiş pallasi.
Bu qarorga keliş oson bölmadi, zero baʼzi masalalarni birgina aql bilan yeçiş qiyin, yurak ham sözlaydi. Men 2003-yilda boşlangan va hayotimni butunlay özgartirib yuborgan yölning oxiriga yetib keldim. Ortga qarar ekanman, nafaqat ğalabalar, gollar va rekordlarni, balki odamlarni köraman.
Portugaliyaliklarni, terma jamoa öyini vaqtida bu mamlakat bilan bir muddat özini yanada yaqinroq his qiladigan immigrantlarni ham. Men heç qaçon taniş bölmagan, lekin hayotimning bir parçasiga aylangan millionlab yurtdoşlarim köz oldimga keladi. Axir futbol biz öylaganimizdan kattaroq, futbol bu avvalo – insonlar.
Butun faoliyatim davomida men terma jamoa safida maydonga tuşar ekanman, doim qölimdan kelganidan ortiqroq qilişga urindim. Doim ğalaba qozonişni, eng zör bölişni, tarixda qolişni maqsad qildim. Men doim özim uçun talabçan edim, doim köproğini xohladim. Men doim bundan ortiğini qila olişimizga işonganman. Heç qaçon unutilmaydigan ğalabalar ham, mağlubiyatlar ham böldi. Portugaliya xalqi çin dildan istagan narsani bera olmagan paytlarim ham böldi. Lekin heç qaçon taslim bölmadim. Eng muhimi, heç qaçon Portugaliya uçun öynayotganim uçun faxrlanişdan töxtamadim.
Bu yillar davomida bir narsani tuşunib yetdim: gollar keladi va ketadi, sovrinlar muzeylardan joy oladi, rekordlar baribir bir kun yangilanadi, ammo mening odamlar qalbidan olgan örnimni heç kim öçira olmaydi. Agar men biror marta bölsa ham sizni baxtli qilgan bölsam, men urgan gol tufayli kimnidir quçoqlagan, portugaliyalik ekaningizdan faxrlangan ekansiz, hammasi zoye ketmagan ekan. Axir portugaliyalik böliş ham şu, birgalikda omadsizliklarni yengib ötiş, qayta işoniş.
Portugaliyaga doim yangi orzumandlar, heç qaçon taslim bölmaydigan, hali heç kim zabt yetmagan çöqqilarga çiqiş mumkinligiga işonuvçilar kerak böladi. Çunki bu yurt yangi qahramonlarni tarbiyalaydigan, heç qaçon öziga bölgan işonçi tark etmaydigan yurtdir».








