Mana, oylar sultoni, fayz va baraka, rahmat va mağfirat oyi bölgan Ramazon kunlari birin-ketin ötib bormoqda. Bu yilgi Ramazon oyi ölkamizda özgaça şukuh bilan kutib olindi va mömin-musulmonlar emin-erkinlikda Ramazon rözasini tutib, keçalari taroveh namozlarini qoim qilmoqdalar. Bu ibodatlarni tinçlik va xotirjamlikda bajariş katta ne'matdir. Bularning ortida yurt tinçligi, hukumat tomonidan olib borilayotgan tinçlikparvar siyosat yotadi.
Ramazon oyida badaniy ibodatlar bilan bir qatorda ijtimoiy sohada ham köplab ezgu amallar bajariladi, moliyaviy ibodatlar amalga oşiriladi. Jumladan, bu oyda mehr-muruvvat, xayr-saxovat işlari yanada rivoj oladi. Kişilar bu oyda boşqa oylardagiga qaraganda saxovatpeşalikni köproq namoyiş qilib, beva-beçoralar, miskin va kambağallar holidan xabar olib, jamiyatning bu toifasiga ham alohida e'tibor berilişini ta'minlaydilar. Qaysi jamiyatda beva-beçoralar, kambağal va miskinlar, zaif kişilar holidan xabar olinar, ularning moddiy va ma'naviy ta'minoti bekamu-köst qilinar ekan, öşa jamiyatning tinçligi bardavom böladi, iqtisodi va boşqa sohalari rivoj topadi. Zero öşa beçorahol kişilar yaxşilik qilgan şaxs yoki taşkilot haqiga duo qiladi. Bu duo Alloh dargohida qabul qilinadi.
Ramazon oyida boşqa oylardagiga nisbatan saxovatga alohida e'tibor berilişi bejiz emas. Sababi bu oyda qilingan amalga juda köp mukofot beriladi. Alloh Özining yölida qilingan sadaqa va infoq yetti yuz barobargaça köpaytirilişi Kalomida bayon qilgan. Ramazon oyida esa bu miqdor yanada oşirilişi şubhasiz. Saxovat körsatayotgan kişining ixlosi va qalbidagi ezgu niyati olinajak ajrni yanada ziyoda qiladi.
Ramazondagi xayr-saxovat işlari turli körinişlari qilinişi mumkin. Masalan, kam ta'minlangan oilalarga moddiy tomondan yordam qiliş, qarovsiz qolganlar, xususan, boquvçisini yöqotgan oilalar, bemor va qariyalar holidan xabar oliş mumkin. Yoki kişilar hojati tuşadigan narsalar, masalan, köçalarni asfalt qiliş, köprik va kerakli binolarni quriş, qayta ta'mirlaş işlari ham saxovatpeşa insonlar tomonidan amalga oşiriladi. Bu işlar yil böyi qilinişi yaxşi. Ammo muborak Ramazon oyida bunday ezgu işlarga alohida e'tibor qaratiş lozim sanaladi.
Moddiy tarafdan qodir bölgan boy-badavlat, ayni paytda saxiy, qöli oçiq kişilar mehr-saxovat körsatiş bilan qalbi öksik, mehrga muhtoj kişilar diliga olam-olam quvonç bağişlaydilar. Yaxşilik körganlar asosan ularga körsatilayotgan alohida e'tibordan, mehr-muruvvatdan köngillari şod böladi. Zero, moddiy narsalar tezda esdan çiqişi mumkin, biroq bir kalima şirin söz va iliq tabassum xotiralarda yillar davomida saqlanib qoladi. Şu ma'noda moddiy jihatdan qodir bölganlar xayr-saxovat işlarini öz örnida qilganlari ham yaxşi. Ammo asosiysi bu oyda bir-biriga mehr körsatiş, öksigan köngillarga umid bağişlaş, ularni xursand qiliş, noumid qalblarga işonç va quvonç olib kirişdir. Zero Payğambarimiz sallallohu alayhi va sallam öz hadisi şariflarida: “Birodaring yuziga tabassum bilan boqişing ham sadaqadir”, deganlar. Biz sadaqani faqat moddiy mol-mulk şaklidagina tuşunmasligimiz kerak. Sadaqa va saxovat işlar keng ma'noli bölib, inson hayotining hamma jabhalarini qamrab oladi. Masalan, ota-onaga yaxşilik qiliş, ayoliga muloyimlik bilan muomalada bölib, farzandlariga şafqat körsatiş ham saxovatning körinişlaridandir. Mohi Ramazon oylarida mana şu kabi işlarga alohida e'tibor qaratsak, jamiyat a'zolarining özaro totuvligini ta'minlaşga, tinçlik va xotirjamlik davomli bölişiga hissa qöşgan bölamiz. Saxovat körsatgan, bir-biriga mehr-oqibatli bölgan bandalardan Alloh taolo rozi böladi. Tinçlik va xotirjamlik hukm surgan bu mustaqil diyorda farovon hayot keçirib, Allohning amrlarini bajariş orqali U Zotning roziligiga erişiş uluğ baxtdir. Bu baxt har birimizga nasib etsin!
Odilxon qori Yunusxon öğli
Şayhontohur tuman boş imom-xatibi












