Indoneziya politsiyasi Bali orolidagi Kerobokan turmasidan 15 metrlik tunnel orqali qoçgan 4 nafar xorijlik mahbusni qidirişni boşladi. Bu haqda The Guardian naşri xabar bermoqda. 

"Taxmin qilişimizça, 15 metrlik tunnelni qaziş uçun bir haftadan köproq vaqt ketgan", deb aytdi turma direktori. Ma'lum qilinişiça, tunnel eni 50-75 sm bölgan va u turma devori ostidan ötib, turma yaqinidagi yölda tugagan.

Politsiyaning taxminiça, qoçoqlar hali ham orolda, turma yaqinida qolmoqdalar.

Naşrning yozişiça, turmadan 33 yoşli avstraliyalik, 43 yoşli bolgariyalik, 50 yoşli malayziyalik va 31 yoşli hindistonlik qoçişga muvaffaq bölgan. Ta'kidlanişiça, avstraliyalik  boşqa odamning pasportidan foydalangani uçun immigratsiya qonunçiligini buziş ayblovi bilan jazo ötayotgan bölgan. Uning ozodlikka çiqişiga bor-yöği 2 oy qolgandi.