Asialuxe Travel Toşkentdan Baliga töğridan-töğri reyslarni yölga qöydi. Bu esa afsonaviy orollarga sayohatni ança qulay va tejamli qiladi. Tranzitlarsiz va ortiqça vaqt yöqotmasdan tropik orolga yetib boriş mumkin.
Bali — Indoneziyada joylaşgan, dunyodagi eng maşhur kurort orollaridan biri bölib, özining boy tabiati, mehmondöstligi va turistlar uçun qulay infratuzilmasi bilan maşhur. Orol nafaqat yoşlar yoki yolğiz sayohatçilar, balki oilaviy dam oliş uçun ham juda mos.
Balida nimalarni köriş kerak?
Sayyohlar uçun Bali — jonli tabiat va boy an’analar maskani. Eng maşhur joylardan biri — Nusa Penida oroli bölib, u jarliklar, kökalamzor daralar va musaffo suvlari bilan maşhur.
Uluvatu ma’badi esa toğ yoqasida joylaşgan bölib, quyoş botişini tomoşa qiliş uçun ideal maskan hisoblanadi.
Ubud yaqinidagi Maymunlar örmonida yuzlab maymunlar orasida sayr qiliş mumkin, şoli terrasalari esa Bali qişloq xöjaligining gözal manzarasini namoyon etadi.
Tegenungan şarşarasida tabiat bağrida dam oliş yoki suratga tuşiş uçun ajoyib imkoniyat yaratiladi.
Tabiat va okean
Bali tabiatni yaxşi köradiganlar uçun ideal joy. Bu maskan toğlar, şarşaralar, junglilar, şoli dalalari va okean sohillari kabi tabiiy gözalliklarga boy. Sayohatçilar uçun suziş, syorfing qiliş va qirğoqda dam oliş imkoniyatlari mavjud.
Oilaviy sayohat uçun qulayliklar
Balida oilaviy sayohatçilar uçun ham şaroitlar yaratilgan. Masalan, Mövenpick va Mulia mehmonxonalari bolali oilalar uçun juda qulay. Bu mehmonxonalarda bolalar öyin xonalari, tarbiyaçilar, rivojlantiruvçi öyinçoqlar mavjud. Oşxonalarida esa bolalar uçun maxsus bolalar menyusi taklif etiladi. Bu esa har qanday qaysar bola talabiga mos keladi.
Mehmondöstlik va madaniyat
Bali aholisi — juda xuşmuomala. Ular turistlarga iliq munosabatda bölib, har doim yordam berişga tayyor.
Ingliz tili — asosiy muloqot vositasi
Orolda aksariyat aholi ingliz tilida gapiradi, ayniqsa sayyohlik hududlarida. Agar sizda til bilan boğliq muammo bölsa ham, mahalliy aholi sizni tuşuniş uçun astoydil harakat qiladi.












