Iroqning Mösul şahrida mina portlaşi oqibatida bir guruh jurnalistlar, jumladan fransiyalik 3 jurnalist jabrlandi. Ulardan biri halok böldi, deb xabar bermoqda Le Mond naşri.
Halok bölgan jurnalistning ismi Stefan Vilnyov bölgan. Portlaş oqibatida şuningdek kurd jurnalisti Baxtiyor Haddod ham halok bölgan. Bu haqdagi ma'lumotni tvitterda jarohatlangan fransuzlardan biri Samuel Fore ma'lum qildi. U hamkasblari ölimidan iztirobdaligini aytgan.
Le Mond ma'lumotlariga köra, ayni vaqtda Fore Bağdodga evakuatsiya qilingan. Mösulda jurnalistlar şahar uçun jang olib borayotgan Iroq maxsus kuçlariga hamrohlik qilayotgan bölganlar.












