Iyun oyiga kelib, Ukraina hududining minalar va boşqa portlovçi moddalar bilan qoplangan maydoni 139 ming kv.km.ga yetdi, bu Angliya ölçamidan (130 ming kv.km.) köproq, deb xabar berdi Xalqaro siyosiy tadqiqotlar instituti (ISPI).

Ma’lumotlarga köra, xavfli hududlar va ularga yaqin joylarda 6 milliondan ortiq odam yaşaydi. Ayniqsa, Xarkov, Sumi va Zaporojiye viloyatlaridagi qişloq xöjaligi yerlari katta zarar körgan.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining Guardian naşriga ma’lum qilişiça, Rossiya bosqini boşlanganidan beri minalar va öq-dorilar portlaşi oqibatida 359 nafar tinç aholi, jumladan 18 nafar bola halok bölgan, yana mingga yaqin kişi jarohatlangan.

BMT Ukrainani minalardan tozalaş dasturi menejeri Pol Xeslopning ta’kidlaşiça, mamlakat hududining deyarli 25 foizi portlovçi moddalar bilan qoplangan. Uning hisob-kitoblariga köra, gap 1 milliondan ortiq şunday qurilmalar haqida ketmoqda. Rus qöşinlari çekiniş çoğida hududlarni minalaşda davom etmoqda. Bundan taşqari, Ukraina Qurolli kuçlarining ozod qilingan hududlarida portlamagan juda köp öq-dorilar - raketalar, granatalar va artilleriya snaryadlari qolmoqda.

«Biz ilgari körmagan murakkablik va kölam darajasiga duç kelmoqdamiz», deb ta’kidladi Xeslop.

Uning qöşimça qilişiça, 5-10 kg portlovçi moddasi bölgan piyodalar va tanklarga qarşi yirik minalar alohida xavf tuğdiradi. Ular oğir texnika: avtomobillar, yuk maşinalari va tanklar urilganda işga tuşadi. Dronlardan otilgan öq-dorilar ham qöşimça xavf tuğdiradi, bu esa sapyorlarning işini murakkablaştiradi va tinç aholi uçun xavfni oşiradi.

Ukraina 2023 yildan beri dunyodagi eng köp minalaştirilgan davlatlardan biri hisoblanadi. Yaqinda u Polşa, Finlyandiya, Estoniya, Latviya va Litvaga qöşilib, minalardan foydalanişni çeklovçi Ottava konvensiyasidan çiqişini e’lon qildi. Kiyev bu qadamni Rossiya agressiyasi fonida mudofaani kuçaytiriş zarurati bilan izohlamoqda. Şu bilan birga, rasmiylar minalardan tozalaş davlat gumanitar siyosatining ustuvor yönalişi bölib qolayotganini ta’kidlamoqda.

Ukraina Tabiatni muhofaza qiliş vazirligining hisob-kitoblariga köra, ustuvor hududlarni, şu jumladan tabiatni muhofaza qiliş zonalarini minalardan tozalaş uçun taxminan 10 yil va 38 milliard dollar kerak böladi. Töliq tozalaş esa yuzlab yillar davom etişi mumkin.