Piyodalarga qarşi minalardan foydalanişni taqiqlovçi Ottava konvensiyasidan çiqqanini e’lon qilgan Finlandiya va Litva 2026 yildan boşlab oşib borayotgan Rossiya tahdidi fonida şu turdagi qurollarni işlab çiqarişni boşlaydi. Bu haqda Helsinki va Vilnyusdagi amaldorlarga tayanib Reuters xabar berdi.

«Biz tanklar va piyodalarga qarşi minalarga yuzlab million yevro sarflaş niyatidamiz. Bu sezilarli darajadagi summa», - deydi Litva mudofaa vaziri örinbosari Karolis Aleksa. Uning sözlariga köra, davlat kamida 10 mingta piyodalarga qarşi mina buyurtma qiladi va Litva sanoati ularni işlab çiqarişni ta’minlay oladi. Litva özida işlab çiqarişni yölga qöygaç, uşbu mahsulotni boşqa davlatlarga, jumladan, Ukrainaga yetkazib berişi mumkin.

Finlandiyaning Rossiya bilan çegarasi 1340 kilometrga teng — bu NATOga a’zo har qanday davlatnikidan uzunroq. «Finlandiyaga yetkazib berişlar xavfsizligini ta’minlaş uçun piyodalarga qarşi minalarni işlab çiqariş imkoniyatiga ega böliş kerak. Bu yuqori samarador va juda tejamkor qurollaniş tizimi», - deydi Finlandiya parlamentining mudofaa böyiça qömitasi rahbari Hekki Autto. U Finlandiya ham Ukrainaga piyodalarga qarşi minalar yetkazib berişi mumkinligini ta’kidlagan.

Auttoning aytişiça, Ottava bitimiga qöşilgunga qadar Finlandiya ixtiyorida 1 milliondan ortiq piyodalarga qarşi minalar bölgan. «Ular bizda saqlanayotganida — bu ularni heç qaçon işlatişga töğri kelmasligining eng işonçli kafolatidir», - deydi parlament vakili.

Har ikki davlat rasmiylariga köra, Ottava konvensiyasidan çiqiş böyiça olti oylik jarayon yakunlangaç, piyodalarga qarşi minalar işlab çiqarilişi qayta yölga qöyilişi mumkin.

NATO va Yevroittifoqning yana uç davlati — Polşa, Latviya va Estoniya ham Moskvaning tajovuzkor harakatlari fonida bitimdan çiqayotgan bölsa-da, mina işlab çiqarişni boşlaş rejalari haqida e’lon qilmagan. Biroq ularning rasmiylari zarurat tuğilganda bu jarayonni tezda ommaviy işlab çiqariş darajasiga olib çiqişlari mumkinligini bildirgan.