2017 yil 20 iyun kuni Özbekiston banklar Assotsiatsiyasi binosida Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining navbatdan taşqari qurultoyi bölib ötdi. Qurultoyda dastlab Savdo-sanoat palatasining sobiq raisi Alişer Şayxov, keyinroq respublika boş vaziri Abdulla Aripov sözga çiqdi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, qurultoy davomida Boş vazir Abdulla Aripov mamlakatning turli hududlaridan taşrif buyurgan tadbirkorlar bilan oçiq muloqot taşkil etdi. Muloqot çoğida tadbir qatnaşçilari tadbirkorlik sohasidagi mavjud muammolar yuzasidan savollar berişdi.
Ta'kidlaş joizki, uşbu yiğilişda köplab muammoli masalalarga ijobiy yeçim topildi.
Jumladan, 2016 yilda Toşkent viloyatida yaşovçi fermer 100 boş sigiri 200 taga köpaygani sababli hukumatdan yer ajratilişini sörab murojaat qilgan. Biroq uning xatiga bir yil davomida heç qanday javob kelmagan.
Abdulla Aripov uşbu masalaga quyidagiça izoh berdi:
“Prezidentimiz tadbirkorlarning muammolarini yeçiş böyiça barça qonuniy çora-tadbirlarni kördilar. Biroq mahalliy idoralarda hamma işlar köngildagidek bajarilmoqda, deb ayta olmaymiz. Albatta, har bir qoramolga yem yeyişi uçun, harakatlanişi uçun joy kerak”.
Boş vazir uşbu masalaning zudlik bilan hal etilişini Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yukladi va bu iş bilan şaxsan özi şuğullanişini aytib ötdi.
“Men qarorni çiqarganimdan söng viloyat hokimi yana köp sarson qilişi mumkin. Lekin bir narsani va'da beraman: Men har qanday işni oxiriga yetkazaman. Bu işni qaysi hokim bölişidan qat'i nazar, albatta, amalga oşiramiz", - deya qayd etdi Boş vazir.












