Toşkent şahrining Çilonzor tumanida noma'lum şaxs asli qaşqadaryolik bölgan, hozirda vaqtinça Çilonzor tumanida yaşovçi, 1982 yilda tuğilgan B.M. ning uyiga eşik qulfini kalit tanlaş yöli orqali oçib kirib, u yerdan umumiy qiymati 17.000.000 sömlik 7 turdagi sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari va şu xonadonda mehmonda bölgan Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yaşovçi, xususiy tadbirkor, 1988 yilda tuğilgan M.L. ga tegişli içida 2.000.000 söm puli va 11.000 AQŞ dollari bölgan sumkasini öğirlab ketgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati. 

Içki işlar organlarining tezkor körgan çoralari natijasida uşbu jinoyatni Toşkent şahrida yaşovçi ikki nafar ayol 1973 yilda tuğilgan A.B va 1974 yilda tuğilgan N.A sodir etganligi aniqlanib, uşlangan.

Ularga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.