Hindiston aholisi yetti yildan söng Xitoy aholisidan oşib ketadi, Nigeriya esa AQŞni ortda qoldirib, 2050 yildan söng bu körsatkiç böyiça jahonda uçinçi öringa kötarilib oladi. BMTning aholişunoslik bölimi hisobotida şunday taxminlar bor.
Hisobotga köra, Yerning 7,6 mlrd.lik hozirgi aholisi 2030 yilga kelib 8,6 mlrd kişiga yetadi, 2100 yilda esa 11,2 mlrd. insonni taşkil etadi.
Yer aholisi har yili 83 mln.ga köpaymoqda va bu körsatkiç yaqin yillar davomida saqlanib qoladi. BMT bölinmasi rahbari Jon Uitmotning sözlariga köra, hisobot jahonning 233 davlatidagi demografik vaziyatni baholaş asosida tuzilgan. «Afrika aholisi yuqori ösiş bilan ajralib turadi, 2050 yilgaça kuzatiluvçi ösişning yarmidan köpi aynan şu mintaqa hissasiga töğri keladi, - deydi u. Boşqa jihat – Yevropa aholisining kamayişi bilan boğliq. Bu yaqin bir neça ön yil davomida kuzatiladi».
Kutilişiça, 2050 yilgaça aholisi soni tezlik bilan ösib boradigan davlatlarga quyidagilar kiradi – Hindiston, Nigeriya, Kongo, Pokiston, Efiopiya, Tanzaniya, Uganda va Indoneziya.
Tuğiliş darajasi eng kam mamlakatlar esa quyidagilar – Rossiya, Xitoy, AQŞ, Braziliya, Yaponiya, Vetnam, Germaniya, Eron, Tailand va Buyuk Britaniya.












