Falcon 9 raketa taşuvçisining birinçi poğonasi Bolgariyaning BulgariaSat 1 sun'iy yöldoşini muqim orbitaga olib çiqiş uçun uçirilgaç, Atlantika okeanidagi suzuvçi platformaga eson-omon qöndirildi. Parvozning translyatsiyasini kosmik apparatning egasi SpaceX tomonidan olib borildi, deb xabar beradi RIA Novosti.
Bolgariyaning BulgariaSat 1 sun'iy yöldoşini ortib olgan Falcon 9 Kanaveral burnidagi kosmodromda bugun Toşkent vaqti bilan 00:10 da parvoz qildi.
9 daqiqadan söng uning birinçi poğonasi yerga qaytib, Antaltika okeanidagi suzuvçi platformaga tik qöndirildi.
Raketa taşuvçining ikkinçi poğonasi 35 daqiqa içida sun'iy yöldoşni oraliq orbitaga qadar olib çiqdi.
NASA bilan özaro şartnoma asosida Xalqaro kosmik stansiyaga yuk parvozlarini, şuningdek sun'iy yöldoşlarni tijoriy parvozlarini uyuştiruvçi SpaceX kompaniyasi Falcon 9’ning dastlabki poğonasini Atlantikadagi suzuvçi platformaga qöndirib, raketa taşuvçi poğonalardan köp marta foydalaniş texnologiyasini sinovdan ötkazmoqda. Kompaniyadagilarning işonişiça, birinçi poğonadan qayta foydalaniş kosmik parvozlarni arzonlaştiradi.
BulgariaSat 1’ni uçiriş mobaynida şu yilning yanvarida Iridium Satellite Communications kompaniyasiga tegişli tijoriy sun'iy yöldoşni uçirişda foydalanilgan, saqlab qöyilib, keyinçalik tiklangan birinçi poğona qayta işlatilgan.
Statistikaga köra, SpaceX şu paytgaça uçirilgan Falcon 9 raketalarining 12 ta birinçi poğonasini saqlab qöyişga muvaffaq bölgan.












