Ilon Mask har bir amerikalik bolaga SpaceX korporatsiyasining bittadan aksiyasini berishni vaʼda qildi.

Mask ham, SpaceX ham rejalashtirilayotgan tadbir tafsilotlarini hozircha ochiqlamadi.

«Kelasi yili men oʻzimning SpaceX aksiyalarimdan har bir amerikalik bolaga bittadan beraman. Va bu hali boshlanishi», - deb yozdi Mask X tarmogʻida.

Mask SpaceX kompaniyasining 6,4 mlrd dona aksiyasiga egalik qiladi. Bu kompaniya jami aksiyalarining yarmidan biroz kamroqdir. Hozir AQShda taxminan 72 mln nafar voyaga yetmaganlar bor.

NASDAQ birjasidagi soʻnggi savdolarga koʻra, SpaceX kompaniyasining 1 dona aksiyasi narxi 146 dollarga teng. Demak, Mask tomonidan bolalarga tarqatilishi kutilayotgan aksiyalarning umumiy narxi 10 milliard dollardan oshadi.