Toşkentning «Paxtakor» klubi bugun — 23 iyun kuni boş murabbiy Şota Arveladze hamda yangi legioner Marko Simiçni jamoatçilikka rasman taniştirdi.

Şu munosabat bilan ötkazilgan matbuot anjumanida klub prezidenti Bobur Şodiyev iştirok etib, kelgusi rejalar töğrisida ma’lumot berdi.

Uning ma’lum qilişiça, «Paxtakor» stadioni qaytadan quriladi.

«Stadion butunlay boşqatdan quriladi. Qibraydagi qarorgoh qayta rekonstruksiya qilinadi. Loyihalar tuzilgan, rahbariyat bilan kelişib işlaymiz.

«Paxtakor»da bundan buyoğiga pul bilan boğliq muammo bölmaydi. Endi yevropaça işlaymiz. Homiylarga keladigan bölsak, ularning barçasi xususiy tadbirkorlar. Holding bor. Bu holding tarkibida bir neçta korxonalar mavjud. Farmatsevtika, suğurta va boşqa faoliyat turlari bilan şuğullanadigan korxonalar. Yuqori darajadagi jamoa taşkil etiladi», deya Şodiyevning sözlarini keltirgan «Tribuna.uz».