Ötgan oyning örtalarida «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida işlab çiqarilayotgan barça turdagi avtomobillar milliy valyutamiz — sömda sotilişi haqida xabar tarqalgan, oyning oxirida bu borada davlatimiz rahbarining qarori e'lon qilingan edi. Rosti, uşbu yangilikni odamlar xursandçilik bilan kutib oldi. Ikkinçi tomondan, bu pulimizdagi «Özbekiston sömi respublika hududida hamma tölovlar uçun öz qiymati böyiça qabul qilinişi şart» degan qoidaning ham ijrosi tomon qöyilgan muhim qadam edi.
Yuqoridagi taxmin bilan ayni bir vaqtda 1 iyundan boşlab korxona avtoulovlarining narxi kötarilarkan degan gap ham paydo bölgandi. Bu gap-sözlarni «GM Uzbekistan» AJ hozirjavoblik bilan rad etdi. Biroq 1 iyun kuni tuşdan söng korxonada işlab çiqarilayotgan avtomobillarning yangi narxi e'lon qilindi. Kompaniya aslida aholi va mijozlardan haqiqatni sir tutgan. Şu kabi xabarlar paydo bölganida, kompaniya tomonidan «keyingi vaqtda kompaniya işlab çiqarayotgan avtomobillar narxining oşişi xususidagi gap-sözlarga javoban aytişimiz mumkinki, hozirça uşbu masala yuzasidan qat'iy qarorga kelingani yöq. Bu borada özgariş bölsa, jamoatçilikka ma'lum qilinadi» deyilsa, olam guliston-ku. Lekin bunday yöl tutilmadi.
Avtomobilsozlik har qanday mamlakat iqtisodiyotida muhim rol öynaydi. Qaysi davlatning avtosanoati rivojlangan bölsa, iqtisodiyoti ham taraqqiy etgan böladi. Bunga Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarni misol sifatida keltiriş mumkin. Şunday ekan, mustaqillikning ilk yillarida avtomobilsozlik sanoatimizga asos solinişi mamlakatimiz qölga kiritgan eng katta yutuqlaridan biri böldi.
Xullas, «GM Uzbekistan» AJ zavodlarida işlab çiqarilayotgan avtomobillarning narxi oşdi. Va har hafta oşişda davom etayapti. Narxlardagi bu kabi özgarişlar xaridorlarni karaxt ahvolga solib qöymoqda. Negaki, ularning muayyan modeldagi ulovni sotib oliş uçun jamğarib qöygan mablaği yangi narx oldida heç narsa bölmay qolayapti. Narxlarning AQŞ dollariga boğlab qöyilganiga köpçilik hayron, bunday mexanizm joriy etilgani sababini bilolmay boşlari qotgan.
Odatda, yirik işlab çiqaruvçilar mahsulot narxi özgarganda yoki faoliyatida muhim özgarişlar yuz berganda, bu haqda xalqqa ma'lum qilib, izoh yoki tuşuntiriş beradilar. Bu jahon amaliyotida keng qöllanadigan tajriba. «GM Uzbekistan» mutasaddilari esa narx-navo keskin kötarilgani, uning xorij valyutasi kursiga boğliq ekani xususida çurq etganlariça yöq. Göyo asosiy masaladan e'tiborni çalğitiş uçun OAVda maşina oliş uçun navbatda turganlar holatni onlayn kuzatiş imkoniga ega bölgani, dilerlar «şapka» sörasa, bu haqda «işonç telefoni»ga xabar berişlari töğrisidagi e'lonlarni havola etayapti.
Ma'lumki, 2014 yilgaça, ya'ni Ğarb davlatlari ayrim siyosiy masalalardagi ziddiyat tufayli Rossiyaga nisbatan sanksiyalar joriy etguniga qadar uşbu davlatga borib mehnat qilayotgan yurtdoşlarimiz har yili Özbekistonga 5-6 mlrd. AQŞ dollari miqdorida mablağ yuborib turardilar. Bu raqamlarda faqatgina banklararo rasmiy pul ötkazmalari aks etgan. Agar xorij davlatlaridan pul ötkazişning noqonuniy, «Vestern yunion» va «Migom»lardan ham tez işlaydigan usuli mavjudligini inobatga olsak, mamlakatimizga yana şunça pul kelib turgan va ularning hammasi qança bölişini tasavvur qiliş qiyin emas. Ne baxtki, eksport masalasida köpam işi yurişmay turgan «GM Uzbekistan» uçun ham bu ajoyib imkoniyat böldi: içki bozorda eng xaridorgir bölgan avtomaşinalarni jismoniy şaxslarga faqat valyutada — AQŞ dollarida sotiş tartibini joriy etdi. Aslida bu şarmandali qaror edi. Qolaversa, u şunday ayyorona işlab çiqilgan ediki, bu haqda batafsil töxtalsak, gapimiz ança çözilib ketadi. Içki bozorda dollarga sotilişi yölga qöyilgan maşinalar nisbatan arzon va kamxarj bölib, asosan örtamiyona xaridorlar tomonidan xarid qilinar, ularning daromadi esa sömda edi. Axir barça oilada ham Rossiyaga borib işlovçi yöq edi-da.
Asosan Rossiya va Qozoğistonga (boşqa davlatlarga qilinayotgan eksport hajmi juda ham kam) arzon avtoulovlar yetkaziş tarzida eksport bilan şuğullanib kelayotgan «GM Uzbekistan»ning ham 2014 yildan söng ahvoli murakkablaşa boşladi. Boz ustiga eksportga tösiq böladigan boşqa omillar ham paydo böldi. Endi avtomobillarimiz uçun uşbu mamlakatlarda xaridor topiş oson emasdi. Bu holat hamon davom etib kelayapti. Misol uçun, yaqinda e'lon qilingan ma'lumotlarga köra, «GM Uzbekistan» AJ avtomobillarining birontasi Rossiyada joriy yilning may oyida eng köp sotilgan avtomaşinalar yigirma beştaligidan örin ololmadi. Rosti, korxona taşqi bozorda faqatgina uşbu ikki davlatga boğlanib qolgandi. Bunday hol qaçondir yuz berişi ma'lum bölsa-da, kompaniyadagilar yangi bozor qidiriş işlariga juda keç kirişişdi. Ötgan yillarda kompaniya avtomobillari Yaqin Şarq va Afrika davlatlarida sotilişi uçun harakatlar boşlab yuborilgani haqida xabarlar paydo bölgandi. Afsuski, bu borada hozirgaça erişilgan natijalar haqida aniq ma'lumotlar yöq. Faqatgina, «GM Uzbekistan»ning saytidan bildikki, joriy yilni kompaniya özi uçun eksport salohiyatini oşiriş yili deb e'lon qilibdi. Biz, albatta, bu yönalişdagi işlarga omad tilaymiz.
Mamlakatimizda avtomobilsozlik sanoatiga 1996 yili, ya'ni 21 yil ilgari asos solingan. Bu oz muddat emas. Şunça vaqt mobaynida avtomobil işlab çiqaruvçilarning köpçiligi jahon bozorida yetakçilarga aylanib ulgurgan. Xöş, nega avtosanoatimiz öz aravasini özi tortolmay, hukumat yordami bilan sudralib kelmoqda? Davlat öz kuningni özing kör degan kuni bu korxona kunini köradigandek…
Mahalliy işlab çiqaruvçilarni, jumladan, milliy avtosanoatni qöllab-quvvatlaş tajribasi köp davlatda qöllangan. Hatto dunyo avtosanoati gigantlaridan biri bölgan AQŞda ham 1980-yillar oxirida xorij avtomobillariga nisbatan çeklovlar joriy qilingan. Bundan közda tutilgan maqsad içki bozorda yapon avtomobillari hukmronlik qilişining oldini oliş va mamlakat avtomobilsozlarini qöllab-quvvatlaş bölgan. Lekin bu hol uzoq davom etmadi. Bu tartib amalda bölgan davrda amerikalik avtomobilsozlar qadlarini tutib olişdi.
Mamlakatimizda «GM Uzbekistan»ga ham şunday imkoniyat yaratilgan. Uni qöllab-quvvatlaş uçun şunday tartib va mexanizmlar joriy etildiki, buning oqibatida mazkur kompaniya içki bozorda özini suvdagi baliqdek erkin his etib, yakka monopolistga aylandi. Buning oqibatida oddiy xaridorlar, ya'ni iste'molçilarning tanlaş huquqi nihoyatda çeklanib qoldi. Juda qimmatga tuşişi bois xorijda işlab çiqarilgan avtomaşinalarni xarid qiliş qiyin bölib qoldi. Bu, bir tarafdan, «GM Uzbekistan» uçun yaxşi imkoniyat edi. Xaridorga köngliga kelgan tarzda mahsulot taklif qiliş boşlandi, avtomobillarning narxi esa bu orada osmonga sapçib ketdi. Misol uçun, 2000-yillarda «Neksiya» rusumidagi avtoulov taxminan 5 mln. söm turgan bölsa, 2016 yili uning bahosi salkam 45 mln. sömga yaqinlaşib qoldi. Töğri, bu orada köp narsa qimmatladi, inflyatsiya deganlari ham bir joyda töxtab turgani yöq. Lekin tahlil qiladigan bölsak, avtomaşinalardan taşqari (köçmas mulklar hisobga olingani yöq) boşqa biron mahsulot bu darajada qimmatlaşgani yöq.
Şu örinda yana bir mulohaza. Endi xorijda işlab çiqarilayotgan avtomobillar yurtimizga keltirilganda rasmiylaştiriş xarajatlarini qisqartiriş masalasini ham öylab köriş kerak. Bundan davlatga aslo zarar yetmaydi, aksinça, köproq foyda böladi. Misol uçun, hozir çet eldan avtomobillar kam keltirilayapti va undirilayotgan boj miqdori ham şunga yaraşa, bordiyu maşinalarni rasmiylaştiriş xarajatlari 50 foiz qisqartirilgan taqdirda ham xorijdan maşina olib keliş sur'ati köpayadi va şunga mos ravişda davlat ğaznasiga tuşayotgan boj miqdori ortadi. Bundan çet elda işlab çiqarilayotgan avtoulovlarga qöyilgan çeklovdan kimga zarar, kimga foyda ekani körinib turibdi.
Aslida 32 mln. aholisi bölgan davlat uçun bitta avtozavod kamlik qiladi. Masalan, aholisi bizning mamlakatnikining yarmiga teng Yevropaning ba'zi davlatlarida ikki-uçtadan avtozavod bor va ular kuçli raqobat şaroitida faoliyat körsatib kelmoqda. Xabaringiz bor, Jizzaxda fransiyalik avtosanotçilar bilan hamkorlikda yangi zavod quriş işlari boşlab yuborilgan. Bu yerda işlab çiqariladigan tijorat va yölovçi taşişga möljallangan yengil avtomobillar har jihatdan yurtdoşlarimizga ma'qul kelişi tabiiy.
Asakadagi «ÖzDEUavto» avtomobil zavodining oçiliş marosimida yangi korxonaga yuqori baho berilgan, unda xalqimiz ehtiyoji uçun hammabop va hamyonbop yengil avtomobillar işlab çiqarilişi, butlovçi qismlar mahalliylaştirilişi hisobiga ularning tannarxi ham arzon bölişi haqida gapirilgandi. Afsuski, bunday bölib çiqmadi. Töğri, butlovçi qismlarni mahalliylaştiriş böyiça birmunça işlar qilindi. Lekin bu boradagi işlar yetarli emasligini bugun körib turibmiz.
Xöş, milliy avtomobil işlab çiqaruvçimizning strategiyasi nimadan iborat? Marketing sohasidagi işlari-çi? Nega yaqqol natijalar körinmaydi? Nega avtomobil modellarini takomillaştiriş, dunyo bozorida xaridorgir bölgan modellarni işlab çiqariş sustkaşlik bilan amalga oşirilmoqda? Misol uçun, 2009 yilgi «Neksiya» bilan 2015 yilgi «Neksiya»ning örtasida deyarli farq yöq. Salkam yetti yil mobaynida bu modeldagi maşinaning na içki intereri, na taşqi dizayni özgartirilgan. Bu orada uşbu toifada raqobatçi bölgan xorij kompaniyalarining modellari şu darajada özgardiki, hatto ularning ikki yil ilgarigisi va hozirgisi orasida yer bilan osmonça farq bor. «Damas»ning esa 1996 yildan buyon faqat tumşuğini biroz çözib, yoritiş çiroqlarini özgartirişgan, xolos. 20 yildan buyon bu maşinada boşqa özgariş közga taşlanmaydi. Endi ayting-çi, şu yöl bilan taşqi bozorga çiqib böladimi? 20 yil avval işlangan maşinani içki bozordan taşqari kimga taklif qila olamiz?!
Şu örinda dilerlar orqali avtomobil xarid qiliş uçun tuziladigan şartnoma haqida ham ayrim mulohazalarni bildirib ötiş joiz. Bundan bir neça yil muqaddam muayyan modeldagi ulovni sotib oliş istagidagi xaridor oldindan uning 85 foizini tölab qöyar va bir neça yil davomida orzusi amalga oşişini intizorlik bilan kutardi. Endi bu muddat birmunça qisqargan, ba'zida bir oyga bormasdan, ayrim hollarda esa olti oy içida maşinali böliş mumkin. Bu, bir tomondan, yaxşi… Töğrisi, yaxşi deb ham oğizni töldirib aytolmaymiz. Çunki bu ham katta muddat!
Işlab çiqaruvçi, mahsulot yetkazib beruvçi bilan xaridor örtasida tuziladigan şartnomaning bugungi kunda keng tarqalgan ikki turi mavjud bölib, birinçi holatda xaridor mahsulot pulini oldindan töliq tölab, tez kunda tovarni olişi mumkin. Ikkinçisida esa mahsulot qiymatining 15 foizi oldindan tölanadi va mahsulot qabul qilib olingandan keyin asosiy — 85 foizlik tölov amalga oşiriladi. Avtosalonlarimizda esa bu tartib bir çetga surib qöyilgan. Kontraktatsiya şartnomasiga köra avtomobil qiymatining 85 foizini oldindan tölaysiz, tamom-vassalom! Qani bunda mijoz manfaati, uning huquqlari himoyasi?
Hozir banklar qisqa muddatli, ya'ni bir, ikki va uç oylik omonatlarni taklif etişmoqda. Agar mijoz avtomobil xaridi uçun oldindan tölab qöygan mablağini şunday omonatlarga qöysa, yaxşigina daromad olişi bor gap.
Mamlakatimizda aholiga avtomobil yetkazib berişdagi bunday tartib-taomillar ayrim omillarga köra majburiy çora sifatida qöllanayotgani haqida fikr bildiruvçilar ham bor. Bölsa bordir, lekin oddiy odamlarda nima ayb? Nega avtomobil xarid qilişda hamon murakkab va aholining asabini qaqşatadigan tartiblar saqlanib qolayapti? Nega şunday iş tutişga sabab bölayotgan holatlar bir neça ön yildan beri davom etib kelayapti-yu, bu muammolarni hal etiş çoralari körilmagan? Ahvolni önglaş uçun nega taklif berilmagan? Taşabbus, izlanişlar qani? Tizimdagi mutasaddilar nega qöl qovuştirib ötirişdi şu paytgaça?
Şu kunlarda «GM Uzbekistan» Qozoğistonda «Ravon» rusumli avtomobilni işlab çiqariş uçun qozoq avtosanoatçilari bilan hamkorlik qila boşlagani haqida xabarlar paydo böldi. Bu avtosanoatimizning yutuği, albatta. Işlab çiqaruvçilar bu turdagi maşinani xarid qilganlarga qator afzalliklar, jumladan, imtiyozli kreditlar taklif etiş niyatida. Lekin masalaning boşqa jihati bor. Nima uçun mamlakatimizda bunday tartibni qöllaş mumkin emas, nega özbekistonlik xaridorlarga bunday imtiyozlar joriy etilmaydi?
«GM Uzbekistan» AJ avtomobillarining narxlari osmonga sapçib ketganiga javoban ijtimoiy tarmoqlarda ayrim yurtdoşlarimiz bu korxona mahsulotlarini xarid qilmaslikka çaqirmoqda. Bu xatarli yöl, aslo bunday qilib bölmaydi. Negaki, bu harakat uşbu korxona va uning tizimida mehnat qilayotgan minglab işçining maoşsiz qolişiga, iş örinlari qisqarişiga va oxir-oqibat zavodning kasodga uçraşiga olib keladi. Şunday ekan, burgaga aççiq qilib, körpaga öt qöymaslik kerak.
2017 yil mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e'lon qilindi. Odamlarga munosib turmuş şaroiti yaratib beriş, inson huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş borasida juda katta işlar amalga oşirilmoqda. Barça darajadagi rahbarlar aholi, oddiy odamlar bilan muloqotga kirişib, ularning dardlarini tinglayapti, muammolarini hal etiş yöllarini qidirayapti. Bu jarayondan «Özavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi, xususan, «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyati mutasaddilari ham çetda qolmasligi va aholi bilan oçiq muloqotlar ötkazişlari, ularning taklif-istaklarini inobatga olişlari şart.
Iftixor Ğulomov
“Iste'mol madaniyati” gazetasi, 21.06.2017 sonidan olindi.
Manba: Tafsilot.uz












