iSeeCars avtomobil tadqiqot agentligi 2026-yilda avtomobillarning beş yil davomida qança qiymat yöqotişini tahlil qildi. Reyting 2025-yil martidan 2026-yil fevraligaça sotilgan, işlab çiqarilganiga beş yil bölgan 950 mingdan ortiq işlatilgan avtomobil maʼlumotlari asosida tuzilgan. Barça narxlar 2026-yildagi dollar qiymatiga moslab qayta hisoblangan.

Tadqiqotda har bir modelning ikkilamçi bozordagi örtaça narxi işlab çiqaruvçi tomonidan belgilangan dastlabki tavsiya etilgan çakana narx - MSRP bilan taqqoslangan. Avtomobil qançalik kam arzonlagan bölsa, u beş yildan keyin dastlabki qiymatining şunçalik katta qismini saqlab qolgan hisoblanadi.
Porsche 718 Cayman eng kam qiymat yöqotdi
Tadqiqot natijalariga köra, eng yaxşi körsatkiç Porsche 718 Cayman modelida qayd etilgan. U beş yilda dastlabki qiymatining atigi 9,6 foizini yöqotadi.
Pul hisobida bu avtomobilning örtaça 6 988 dollarga arzonlaşişini anglatadi. Modelning dastlabki tavsiya etilgan çakana narxi taxminan 72,8 ming dollarni taşkil etgan.
Ikkinçi örinni Porsche 911 egallagan - u beş yilda 11,1 foiz qiymat yöqotadi. Uçinçi örinda Chevrolet Corvette bölib, uning narxi şu davrda 18,7 foizga pasayadi.
Umuman, sport avtomobillari narxini eng yaxşi saqlaydigan modellar orasida yuqori natija körsatgan. Reytingning dastlabki yetti poğonasidan törttasini sport avtomobillari - Porsche 718 Cayman, Porsche 911, Chevrolet Corvette va Subaru BRZ egallagan.
Bu ayrim sport va avtomobil işqibozlariga möljallangan modellar dastlabki narxi nisbatan yuqori bölişiga qaramay, ikkilamçi bozorda öz qiymatini örtaça avtomobillarga nisbatan yaxşiroq saqlab qolişini körsatadi.
Toyota modellari ham yuqori örinlarda
Narxini yaxşi saqlaydigan avtomobillar reytingida Toyota modellari ham salmoqli örin egallagan.
Xususan, Toyota Tacoma beş yilda dastlabki qiymatining 19,9 foizini yöqotib, reytingda törtinçi örinni egallagan. Toyota Tundra esa 21,2 foizlik arzonlaşiş bilan beşinçi örinda qayd etilgan.







