AQŞ prezidenti Donald Trampning golf-klublari devorlarini bezab turuvçi, uning surati tuşirilgan 2009 yilgi Time jurnalining muqovasi soxta ekani aniqlandi. Jurnalning rasmiy vakili bu soxta muqovalarni olib taşlaşni talab qildi.

TASS axborot agentligining AQŞ OAVga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilişiça, muqovani bezaşda bir qator xatolarga yöl qöyilgan. Jumladan, gap jurnal muqovasidagi qizil ramkaning eni haqida ketmoqda. Şuningdek, soxta muqovada körsatilgan 2009 yil 1 mart sanasida jurnalning heç qanday soni çiqmagan. Jurnal tahririyatida bu muqova soxta ekani tasdiqlandi.

Tramp, körinişiça, bu bilan göyoki uning surati nufuzli jurnal muqovasida joylaştirilganini körsatmoqçi bölgan.

2009 yil 2 mart kuni çiqqan Time muqovasida britaniyalik aktrisa Keyt Uinslet surati joylaştirilgan bölgan.