Yaponiya 2030 yilgaça Oyga fazogirlarni qöndirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Yaponiyaning aerokoinot tadqiqotlar agentligi (JAXA) ma'lum qildi.  

Kyodo axborot agentligining ma'lum qilişiça, bu haqda Yaponiya ta'lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligida ötgan koinot tadqiqotlarining istiqbollariga bağişlangan anjumanda aytilgan. Ta'kidlanişiça, JAXA şuningdek AQŞning Oy orbitasida yangi koinot stansiyasini quriş loyihasini amalga oşirişda iştirok etmoqçi. 

Insonning Oyga ilk qöndirilişi 1969 yil 21 iyulda AQŞ tomondan "Apollon" dasturi doirasida amalga oşirilgan. "Apollon-11" koinot kemasi bortida Oyga fazogirlar Nil Armstrong, Maykl Kollinz va Bazz Oldrin yöl olganlar. Ular Oyga 8 kunda yetib olgaç, Oyga qöngan joylarida AQŞ bayroğini, ilmiy asboblar majmuasini örnatişgan va Oy tuproğidan 21,55 kg namuna yiğib tuşişgan.