Joriy yilning 28 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitasida “Iyegova guvohlari” diniy taşkiloti delegatsiyasi – AQŞ dagi boşqaruv Kengaşi vakili K.Flodin va Yevropa birlaşmasi vakili L.Trapanezelar bilan uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuvni Din işlari böyiça qömita raisi örinbosari O‘.Hasanboyev olib bordi. Uçraşuvda, şuningdek, qömita konsultanti B.Qodirov va Çirçiq şahridagi “Iyegova guvohlari” diniy taşkiloti vakili N.Korolevlar iştirok etdilar. Bu haqda qömita Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Özaro tanişuvdan söng delegatsiya a'zolari Özbekistondagi diniy vaziyat va qömita faoliyati bilan taniştirildi. Jumladan, yurtimizda diniy erkinlikning milliy qonunçiligimiz, xususan, Konstitutsiyamizning tegişli moddalari va Özbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida”gi qonuni bilan mustahkamlangani alohida tilga olindi.
Uçraşuv davomida K.Flodin taşkil etilgan uçraşuv va berilgan ma'lumotlar uçun öz minnatdorçiligini bildirdi. Şuningdek, öz taşrifining asosiy sababi – taşkilot faoliyatiga oid masalalar muhokamasi ekanini aytib ötdi.
Ötkazilgan suhbat nihoyasida delegatsiya a'zolari qabuldan mamnun ekanliklarini izhor etib, tomonlar kelgusida ham bu kabi muloqotni davom ettiriş maqsadga muvofiqligini bildirdilar.
Uçraşuv özaro hurmat ruhida bölib ötdi.











