Din işlari böyiça qömita umra tadbirlarini noqonuniy taşkil etgan turoperatorlar javobgarlikka tortilayotganini ma’lum qildi.
Qayd qilinişiça, Saudiya Arabistoniga borib, Makkada mehmonxonadan çiqarib yuborilgan hamda qaytiş uçun aviaçiptaga ega bölmagan özbekistonlik va tojikistonlik 93 nafar fuqarodan qömitaga murojaat kelib tuşgan. Ta’kidlanişiça, ziyoratçilar tegişli litsenziyasiz, noqonuniy faoliyat olib borayotgan Yusro Tour, Muslim Travel, Meta Travel hamda Elchi Travel turoperatorlari orqali Saudiya Arabistoniga borgan.
Özbekistonning Jidda şahridagi Boş konsulxonasi vakillari tomonidan holat örganilganda, turoperatorlar tomonidan mehmonxona pullari tölab berilmagani sababli ziyoratçilar mehmonxonadan çiqarib yuborilgani aniqlangan. Turoperator mehmonxonadan 35 ming dollar miqdorida qarzdor bölgan.
Saudiya Arabistonida qolib ketgan fuqarolar qaytarilib, umra tadbirlarini noqonuniy taşkil etganlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoiy iş qözğatilgan.
Xususan, Farğona viloyatining Uçköprik tumanidagi Ultra Parvoz, Toşkent şahridagi Yasin Travel turfirmasi litsenziyaga ega bölmasdan fuqarolarni ziyoratga yuborgan. Turfirmasi fuqarolarga Saudiya Arabistonining bir yillik sayyohlik elektron vizasini rasmiylaştirib bergan.
Turfirma vakillari özbekistonliklarning Saudiyaga boriş-qaytiş aviaçiptalarining elektron nusxasini bergan. Biroq Jidda—Toşkent yönalişidagi bu aviaçiptalar qalbaki bölib çiqqan. Holat yuzasidan jinoiy iş qözğatilib, tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Namangan viloyatida Atlas Travel turfirmasi 30 nafar fuqaroni umraga yuboriş uçun aviaçipta va boşqa hujjatlarni rasmiylaştirib beriş evaziga 31900 dollar olib, 8 noyabr kuni Toşkent—Dubay—Jidda yönalişida Saudiya Arabistoniga yuborgan. Biroq fuqarolarning qaytişi uçun aviaçiptalarni rasmiylaştirmasdan 8900 dollarni özining ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Farğona viloyatidagi Mahdiy Travel, Parvoz Ekspress hamda «Muhayyo 22−10» turfirmalari ham fuqarolarga tegişli litsenziyasiz noqonuniy faoliyat körsatgan. Oqibatda ikkita firma rahbari va bir nafar fuqaroga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan.
Avvalroq, umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi. Hukumat qarori bilan litsenziya uçun bir qança talab va şartlar joriy etildi.












