Oliy sud tomonidan internet jahon tarmoğidagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan deb topilgan hamda Özbekiston Respublikasining hududiga olib kiriş, tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş va namoyiş etilişi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) röyxati e’lon qilindi.

2025 yil 8 yanvar holatiga köra, röyxatga 1 ming 389 ta turli profil, kanal va materiallar kiritilgan. Xususan:

  • Facebook ijtimoiy tarmoğida 203 ta profil va materiallar;
  • Telegram messenjerida 713 ta kanal, guruh va materiallar;
  • Instagram ijtimoiy tarmoğida 226 ta profillar;
  • Youtube video-xostingida 135 ta kanal va turli videolar;
  • Odnoklassniki ijtimoiy tarmoğida 35 ta profil va materiallar;
  • Tik-tok'da 44 ta profil;
  • Internet jaxon axborot tarmoğidagi 13 ta sayt va alohida materiallar;
  • 20 ta turli kitob, ma’ruza va naşidalar.

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov fuqarolardan «diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tuzoğiga tuşib qolişdan saqlanişni va ulardan yiroq böliş»ni söragan.

Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasiga köra, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etganlik uçun – BHMning ikki yuz baravari miqdorida jarimadan sakkiz yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazosi belgilangan.

Şuningdek, Jinoyat kodeksi 244-3-moddasiga köra, diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravişda tayyorlaş, saqlaş, olib kiriş yoki tarqatganlik uçun BHMning 100 baravari miqdorda jarima yoki 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi.