Kun.uz tahririyatining elektron poçtasiga bir neça kun avval Marğilon şahrida istiqomat qiluvçi fuqarodan murojaat kelib tuşgan edi. Unda mazkur mahalla bilan boğliq muammolar tilga olingan ekan.

Jumladan, murojaat muallifi şunday deydi: “Farğona viloyati, Marğilon şahrida joylaşgan “Zuhro” MFY, Zuhro köçasida istiqomat qilaman. Mahallamiz hududida arzon turdagi turar-joy binolari qurilayapti. Ular köp qavatli bölib, yetti qavatli uylar massiviga qöşimça ziçlantiriş usulida qad rostlamoqda. Muammo şundaki, bizning Ipakçilar şaharçasiga keliş uçun Burhoniddin Marğiloniy köçasi orqali 500 metrdan ziyod yölni bosib ötiş kerak. Ana şu yöl çetida ösib turgan 36 töp çinor va 40 yilgi boşqa daraxtlar kesib taşlandi. Endilikda bizning massivga boriş uçun mutlaqo oftob ostida yurib kelişi kerak. Bu köçalar salqin bölişi uçun hokimlik vakillari qandaydir harakatda bölayaptilarmi?”

Muammo yuzasidan şikoyat muallifi bilan uçraşdik. Manzilni közdan keçirdik. Çindan ham mahallada istiqomat qiluvçi keksalar uçun bu yölda yuriş biroz noqulay. Çinorlar kesilgan va ular qaçonlardir soya-salqin qilib turgan joy, bugun jaziramadan yonaman deydi.

Mazkur masala yuzasidan Marğilon şahar hokimi örinbosari Azizbek Abdullayev bilan uçraşdik.

“Bu muammo bilan avval ham tanişib çiqqanmiz. Mahalla ahliga xorijdan yangi lola daraxtlarini olib kelib ekamiz, deb aytganmiz ham”, dedi biz bilan suhbatda hokimiyat vakili A.Abdullayev. “Bu daraxt nafaqat salqinlik beradi, balki özining xuşmanzaraligi bilan ham boşqa daraxtlardan ajralib turadi. Ayni vaqtda aholi bilan uçraşib, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etiş yölidamiz. Mazkur muammoni hal etamiz. Biz kiçikroq daraxtlarni ham olib kelib ekişimiz mumkin, biroq bu yerdagi keksalarni hisobga olib, kattaroq daraxtlarni olib keliş istagidamiz. Şu sababli daraxtlar xorijdan kelişini kutayapmiz”. 

Marğilon şahar hokimligi boş mutaxassisi Sardor Abdurahmonov esa bizga quyidagilarni gapirib berdi:

“Ayni vaqtda huddi şu mahalla hududida quriliş işlari olib borilmoqda. Ekologiya xodimlari bu daraxtlarni kesiş uçun tavsiya berişgan. Qolaversa, quriliş bölayotgan manzilda daraxtlar bölişi mumkin emas. Katta maşinalar turli quriliş materiallarini olib kiradilar. Bu jarayonda daraxtlar xalaqit beradi. Biz aholiga yangiça manzilni taqdim etiş maqsadidamiz. Nahotki, buni istamasalar. Marğilon şahar hokimi örinbosari ta'kidlaganidek, quriliş işlari tugallanganidan söng kaştan, lola singari manzarali daraxtlarni olib kelib ekiş maqsadidamiz”.      

Hududni közdan keçirganimizda çindan ham yetti qavatdan iborat arzon turdagi turar-joy binolari qurilayotganiga guvoh böldik. Bu Marğilon ahlini yangi körinişdagi uylardan bahra olişlaridan dalolat. Öylaymizki, kelgusida mahalla hududi salqinlaştiruvçi daraxtlar bilan yanada barq uradi. Umid bilan maktub yöllagan fuqaroning muammosi şu kuni şahar hokimlik vakillari tomonidan öz yeçimini topdi. Demak, Marğilonda barpo etilayotgan yangi köp qavatli binoning yonginasida közni quvontiruvçi manzarali daraxtlar ötqaziladi. Bu uçun mahalla hududidagi aholi biroz sabr qilsalar bas.

 Ahror Ziyo, Farğona