Jahongir keç bölganda Toşkentdan uyiga – Samarqandga yölga çiqdi. Yölovçi taksilar turadigan joyda Bahodir ismli kişi bilan yöl haqini kelişdi. U “Neksiya”ning old örindiğiga joylaşdi. Maşina egasi yana uç nafar yölovçi bilan kelişgaç, yölga çiqişdi. Yöl-yölakay suhbatlaşdilar, tanişdilar. Jizzax şahridan ötgaç, haydovçida çarçoq alomatlari sezila boşladi. Yarim tun, yöl uzoq. Tunda ayniqsa haydovçi köproq çarçaydi. Köriniş çeklangan, buning ustiga röparadan kelayotgan avtomaşinalarning çiroqlari közni qamaştiradi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Haydovçining çarçoği zörayib, mudrab ketayotganini körgan Jahongir:

-  Bahodir aka, siz dam oling. “Pravam” çöntagimda, uyqum kelgan emas. Maşinani haydab ketaveraman, - dedi.

Bu gapning örniga “Çarçagan bölsangiz, bizning hayotimizni xavf ostiga qoldirmang. Bir çetga töxtab, uxlab oling” deganida, töğriroq bölardi. Haydovçi ham şu yerda xatoga yöl qöydi, tanimagan-bilmagan, haydovçilik tajribasini sinab körmagan odamga rulni işonib topşirdi. Rul bilan birga özining va uç kişining hayotini işonib topşirdi. “Ham uxlayman, ham yurganimiz foyda”, deb öyladi.

Jahongir haydovçining örindiğiga ötdi. Bahodir esa Jahongirning joyiga ötirdi. Jahongir avvaliga sekin haydadi, asta-sekin moslaşgaç, işonç bilan tezlikni oşirdi.

Islom “KaMAZ” rusumli tirkamali maşina boşqaradi. Bu ulkan maşinani boşqariş haydovçidan katta mahorat hamda yöl harakati qoidalariga qat'iy amal qilişni talab qiladi. Çunki yölning katta qismini egallab borayotgan bu ulkan maşinaning ozgina xatosi boşqalar uçun katta xavf tuğdiradi. Islom “KaMAZ”ga va tirkamasiga yuk ortib trassaga çiqqaç, beton tösiqlarning oçiq joyidan qayrilib olmoqçi böldi.

Bu paytda Jahongir boşqarib kelayotgan avtomaşina juda yaqinlaşib qolgan edi. Jahongir “KaMAZ”ni juda keç payqadi va jon-jahdi bilan tormozni bosdi. Biroq, masofa yaqin, tezlik yuqori edi. Yengil avtomaşina çapga burilayotgan “KaMAZ”ning tirkamasiga yon tomondan borib urildi.

“KaMAZ” haydovçisi sakrab tuşib, ular tomon yugurdi. Haydovçi huşidan ketgan, yonidagi qonga belangan odam nafas olmayotgan edi. Orqadagi yölovçilarning ham ahvoli ayançli edi. Darrov boşqa maşinalar ham töxtab, yordamga yetib kelişdi... Jabrlanganlarni yölovçi maşinalarda şifoxonaga jönatişdi.

Biroq, Bahodir va orqa örindiqdagi Davron ismli kişi şifoxonaga yetib bormay dunyodan köz yumdi. Qolgan ikki yölovçi esa turli darajadagi tan jarohati olişdi.

“KaMAZ” haydovçisi Islom va öziga ortiqça işonib, maşina ruliga ötirgan Jahongir Sur'atov Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.