«Paxtakor» boş murabbiyiga aylangan Şota Arveladze klub rasmiy sayti uçun intervyu berdi.
- «Paxtakor» va Özbekistondagi dastlabki taassurotlaringiz qanday?
- Birinçi navbatda menga Özbekistonda işlaş va yaşaşga imkoniyat taqdim etgan barçaga minnatdorçilik bildiraman. Alohida taşakkurimni esa klub Prezidenti Bobur Kabuloviç Şodiyevga yöllayman. U qisqa vaqt içida «Paxtakor» uçun köp narsalar qilişga ulgurdi va meni klubning kelajagi ajoyib ekaniga işontira oldi.
Özbeklar juda mehmondöst xalqligini oldindan bilardim. Toşkentdagi qisqa davr mobaynida bunga yanada köproq amin böldim. Şunday ekan, hammasi ajoyib va kayfiyatim a'lo darajada.
- «Paxtakor»dan taklif siz uçun kutilmagan böldimi?
- Ha, bu klubdan taklif tuşişini kutmagandim. Hayot şunday narsa, unda turli holatlar röy beradi. Menga kutilmagan jihatlar yoqadi.
- Özbekistonga kelişdan oldin yurtimiz va uning futboli haqida nimalarni bilardingiz?
- Klub tarixini bilaman. Jamoa ilgari qölga kiritgan yutuqlar va 1979 yil röy bergan aviahalokatdan xabardorman. Bu juda afsuslanarli voqea bölgan. Gruziyalik maşhur futbolçilar «Paxtakor»da öynaganini bilaman. Masalan, Manuçar Maçaidze. Terma jamoa haqida köp ma'lumotga egaman deb ayta olmayman, ammo tez orada özbek futboli töğrisida köp narsalarni bilib olişga umid qilaman.
- 1993 yil MDH Kubogida «Paxtakor»ga qarşi öynagansiz. Öşanda ikki gol urgansiz va «Dinamo» 5:2 hisobida zafar quçgan. Öşa öyinni eslaysizmi? «Dinamo» safida uç aka-uka Arveladze maydonga tuşgan – Şota, Arçil va Revaz.
- Töğrisi, özim öşa uçraşuvni eslay olmadim, lekin yigitlar Moskvada ötgan öşa bellaşuv haqida aytib berişdi. Uç aka-uka Arveladze öşa öyinda maydonga tuşgani töğri.
- Xorij klublari orasida özingiz öynagan qaysi jamoani köproq yoqtirgansiz?
- Töp tepgan barça klublarimni yoqtiraman. Ularning bari faoliyatim va ösişimda katta örin tutgan. «AZ Alkmaar»da yordamçi murabbiy sifatida işlaşni boşlaganman. Bu klubni alohida e'tirof etib, Marsel Brans va Lui van Galga rahmat aytaman. Van Gaal, Dik Advokat va Ronald Kuman bilan işladim. Yana Turkiyaning «Qayserispor» klubi boş direktori janob Xurmadan minnatdorman. U menga işondi va murabbiylik faoliyatimda ilk bor boş murabbiylik vazifasini bajardim. «Qayserispor»da uç mavsum işladim.
- Özingizni niderland futbol maktabi murabbiyi deb hisoblaysizmi?
- Ha deya olaman, çunki Niderlandiyada juda köplab bilimlarga ega bölganman.
- Lui van Gaal, Ronald Kuman va Dik Advokat. Ular qanday murabbiy edi va uşbu mutaxassislardan nimalarni örgangansiz?
- Ular turliça uslubga ega. Hammasidan özim uçun köp narsalar oldim. Xarakter va uslub taraflama işlarida farq bor, lekin barçasi maşhur va muvaffaqiyatga erişgan futbol maktabi vakillaridir.
- «Paxtakor» qanday futbol namoyiş etişini istaysiz?
- Klub an'analariga mos bölgan öyin körsatişini – hujumkor va çiroyli futbol. Buni faqat sözlarda aytmaymiz. Şuni uddalaş uçun harakat qilamiz.
- Yurtimizga kelgaç, oliy liganing bir neça öyinlarni kuzatdingiz. Oliy liga haqida qanday fikrdasiz?
- Köp fikr ayta olmayman, ammo texnik futbol öynalişini bilib oldim. Barça töp bilan köproq işlaşni yoqtiradi.
- Yordamçilaringizni qanday taklif qildingiz? Ular nima uçun javob beradi?
- Barçaning özi javob beradigan vazifasi böladi. Ştab bizda kiçik emas, klub rivojlanişi uçun köp mehnat qilamiz. Akademiyaga e'tibor berib, yoşlar bilan işlaşimiz kerak böladi. Bu klub prezidentining xohişi. Falsafamiz özbek yoşlarini kelajak uçun öylaş va östirişdan iborat böladi.
- Arveladze fondini oçiş ğoyasi kimdan çiqqan? Uning faoliyati hozir qanday ketmoqda?
- Aka-ukalar birgalikda uşbu fondni oçganmiz. Bundan maqsad yoşlarga jamiyatning tölaqonli a'zosi bölişda yordam beriş. Birinçi öringa hamişa ta'lim oliş qöyiladi. Şundan keyin sport va boşqa narsalarga e'tibor qaratiladi. Fond 10 yildan beri faoliyat körsatib kelmoqda. Biz katta muvaffaqiyatlarga erişdik deb ayta olaman. Bolalarning ijtimoiy ösişi, sport va soğlom hayot tarzi borasida köp işlarni amalga oşirdik. Biz boş vazir fondi bilan yaqin aloqada bölib, oğir kasalliklardan aziyat çekayotgan bolalarga kömak berişga intilyapmiz.
- Siz va Arçilni adaştirib yuborişgani sababli kulgili holatlar yuzaga kelganmi? Sizlar egizaksiz va bir-biringizga juda öxşaysiz.
- Ha, bunday holatlar juda köp uçragan. Biror şou dasturida çiqqanimda bu haqda hammasini aytib beraman. Keçirasiz, barçasini emas (kuladi).
- «Paxtakor» muxlislariga qanday tilaklar aytgan bölardingiz?
- Birinçi örinda mustahkam soğliq tilayman. Keyin esa ularsiz klub heç qanaqasiga katta klubga aylanmasligi va özi arziydigan mavqeda bölmasligini ta'kidlayman. Ular bilan birgalikda tez orada «Paxtakor»ni yana katta va buyuk klubga aylantiramiz. Klub prezidenti va xodimlari tinim bilmasdan buning uçun mehnat qilişmoqda.












