1992 yilning 30 iyun kuni Özbekiston Respublikasi va Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi diplomatik aloqalarni örnatiş haqidagi Bayonnomani imzolaşdi. Bu tarixiy sanaga 25 yil tölgani munosabati bilan Jazoirning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Nosir Buşerit “Jahon” AA muxbiri bilan suhbatlaşdi.

Uning aytişiça, Jazoir Özbekiston mustaqilligini birinçilardan bölib tan olgan davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat 1993 yilning dekabrida Toşkentda öz elçixonasini oçgan. 

“Bizning davlatlar bitta musulmon sivilizatsiyasiga tegişli va bir xildagi madaniy hamda ma'naviy merosni baham körişadi. Ötgan yillar davomida Jazoir va Özbekiston özaro manfaatli hamkorlikning qalin asoslarini örnatişdi”, - deydi elçi.

Aytilişiça, 2016 yilning oktabrida Toşkentda imzozlangan ikki davlat taşqi siyosat idoralari örtasida hamkorlik va siyosiy maslahatlaşuvlar töğrisidagi Bayonnoma munosabatlarda yangi sahifani oçdi. Bu hujjatning amalga oşirilişi, davlatlar örtasidagi aloqalarning köpayişi va iqtisodiyotning turli sohalarida özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş uçun katta istiqbollarni yaratadi.

“Mamlakatlarimizning geografik joylaşuvi bilan boğliq murakkabliklarga qaramay, Jazoir va Özbekiston juda katta salohiyatga ega, undan albatta foydalaniş kerak. Özbekiston Jazoirning Markaziy Osiyodagi muhim şerigi hisoblanadi. Jazoir, masalan, Özbekistonga aholisi 40 million kişilik bölgan katta bozorni taklif qilişi hamda geografik omillarni e'tiborga olgan holda bizning mahsulotlarning Afrika va Yevropa bozorlariga kirişi böyiça harakatlar dasturini birgalikda işlab çiqiş mumkin”, - deydi Jazoir elçisi.

Uning sözlariga köra, madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik ham juda faollaşgan. Bu Jazoir madaniyati va san'ati vakillarining har ikki davlatda taşkil etiluvçi madaniy tadbirlardagi iştiroki bilan boğliq.

“Jazoir Özbekiston bilan aloqalarni mustahkamlaşga katta e'tibor qaratmoqda. Nuqtai nazarlarning mos tuşişini Jazoir va Özbekiston taşqi siyosiy faoliyati Kontseptsiyalarida köriş mumkin. Ular boşqa davlatlarning içki işlariga aralaşmaslik, xalqaro huquq va BMT tizimining ustuvorligi, muloqotni mustahkamlaş hamda xalqaro muammolarni hal etişda tinç vositalardan foydalanişga asoslangan”, - degan elçi.