Qarşining «Nasaf» klubi darvozaboni Eldorbek Suyunov va himoyaçi Şerzod A'zamov ikkinçi davradan «Paxtakor» safiga borib qöşilişi kutilmoqda. Bu haqda «Nasaf» boş murabbiyi Röziqul Berdiyev ham tasdiqladi.
«Eldor Suyunov va Şerzod A'zamovga «Paxtakor»dan jiddiy taklif bor. Bu taklif ular uçun yangi çaqiruv. Ularning «Paxtakor»ga ötiş yoki ötmasligi borasida klubimiz rahbariyati qaror qabul qiladi. Ikkalasi «Paxtakor»ga ötadigan bölişsa, ularning örnini töldirişimiz kerak böladi. Bu borada rejalarimiz ham bor», deya Berdiyevdan iqtibos keltiradi «Nasaf» rasmiy sayti.

Eldorbek Suyunov darvozabon, Şerzod A'zamov (23 raqamda). Foto: Getty Images
Şuningdek u jamoada kutilayotgan boşqa özgarişlarga ham töxtalgan:
«Biz yana hujum çiziğimizni va qanotimizni kuçaytiriş maqsadida işlar olib borayapmiz. Nomzodlar ham bor, ammo buni hozir oçiqlamoqçi emasman. Imkon bölsa, xorijlik futbolçilarni safimizga qöşib olmoqçimiz. Akmal Şorahmedov borasida gapiradigan bölsam, bu öyinçi jamoamiz uçun juda kerakli. Uni ham klubimiz bilan amaldagi şartnomasi bor. Biz uni heç qayerga qöyib yuboriş niyatimiz yöq».
Tez orada «Paxtakor» va «Nasaf» ikki futbolçi transferi böyiça kelişuvga erişib, rasmiy ma'lumot berişi kutilmoqda.












