AQŞ mudofaa vazirligi rahbariyati Afğonistonda tolibon va "Haqqoniy tarmoği" guruhi jangarilarini yöq qiliş maqsadida harbiy operatsiyalarni tiklaş imkoniyatini körib çiqmoqda. NBC telekanali şu haqida xabar berdi.
Pentagondagi manbalarning ma'lum qilişiça, AQŞ va Oq uy harbiy idorasi hozirda Amerikaning Afğonistondagi strategiyasini qayta körib çiqmoqda. Bunda AQŞ prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik böyiça yordamçisi Gerbert Makmaster faol iştirok etmoqda. Iyul oyida Amerika yetakçisiga Afğonistondagi "Tolibon" va "Haqqoniy tarmoği" harakatlariga qarşi operatsiyalarning qayta tiklanişiga doir takliflar taqdim etilişi kutilmoqda.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, bugungi kunda Afğonistonda xalqaro koalitsiyaning taxminan 13 ming harbiy xizmatçisi bor, amerikalik 8,4 ming askar va ofitser ham şular jumlasidandir. Ular asosan Afğonistondagi harbiylarni öqitiş bilan şuğullanişadi, şuningdek harbiy maslahatçi rolida namoyon bölişadi. NBC'da ta'kidlanişiça, bugungi kunda Amerika harbiy kuçlari asosan IŞID va "Al-Qoida" terrorçi guruhlariga zarba berişmoqda, toliblarga esa - kamdan-kam holatlarda.
Ma'lumotlarga köra, Afğonistonda taxminan 35 ming "Tolibon" harakati jangarisi mavjud. IŞID tomonda esa respublikada atigi bir neça yuz kişi jang qilmoqda. Holbuki, Afğoniston hukumati uçun toliblar köproq tahdid tuğdiradi, deyiladi CNN'da.












