Samarqand şahar prokuraturasi bilan Yoşlar markazida ötkazilgan navbatdagi uçraşuvda korrupsiya va poraxörlik, uning kelib çiqiş sabablari hamda salbiy oqibatlari, sönggi kunlarda Samarqand şahridagi ta'lim muassasalarida yuz bergan korrupsiya bilan boğliq taşvişli holatlar muhokama qilindi.
Uçraşuvda sözga çiqqan Samarqand şahar prokurori Farhod Şeryigitov joylarda tamagirlik jinoyatining oldini oliş böyiça tuşuntiriş-tarğibot işlari olib borilayotganligiga qaramasdan, ta'lim muassasalaridagi ayrim öqituvçilarning nafs yölida turli xil qinğirliklar qilişdan qaytmayotganligini ta'kidlab ötdi.
Xususan, Samarqand tibbiyot instituti qoşidagi 2-son akademik litsey direktori B.B. (bu yerda va quyida ism va familiyalar özgartirilgan) fuqaro S.J.dan litseyning 1-kursida tahsil olib kelayotgan Ş.N. va M.A.ni Samarqand tayanç tibbiyot kollejiga köçiriş uçun 2000 AQŞ dollari talab qilgan. S.J.ning huquqni muhofaza qiluvçi idoralariga qilingan murojaatidan söng Samarqand tibbiyot instituti qoşidagi 2-son akademik litsey direktori 1500 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni öz xizmat xonasida qonunga xilof ravişda olayotgan paytda qölga olingan.
Poraxörlik bilan boğliq holat xuddi şunday Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetining ma'naviyat va ma'rifat işlari böyiça dekan örinbosari A.A. bilan ham kuzatilgan. U fuqaro N.T.ning jiyanlari A.N., Ş.T. va Q.T.ning har birini 7500 AQŞ dollaridan umumiy hisobda 22.500 AQŞ dollari miqdorida pul mablağlarini filologiya fakultetining 3-bosqiç talabasi T.Ş. vositaçiligida Samarqand şahridagi Alişer Navoiy nomidagi markaziy istirohat boğida olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan huquqni muhofaza qiluvçi idora xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda qölga olinganligi aytib ötildi.
Yiğiliş davomida yoşlarga ta'lim tarbiya beriş jarayonida uçrayotgan yana bir salbiy illat — bu maktabgaça ta'lim muassasalariga öquvçilarni qabul qilişda yöl qöyilayotgan qonunbuzarlik holatlari uçrayotganligi ham açinarli holat ekanligi aytib ötildi. Xususan, Samarqand şahridagi 64-son maktabgaça ta'lim muassasasi mudirasi I.B. fuqaro S.I.dan farzandi X.S.ni uşbu ta'lim muassasaga qabul qiliş uçun 300 ming söm va uning oylik tölovlari evaziga deb 157 ming söm, jami 457 ming söm pullarni pora tariqasida olgan vaqtda jinoyat ustida uşlanib, uning aybi foş etilgan.
Şuningdek, Samarqand şahridagi 13-umumiy örta ta'lim maktabi direktori A.A. fuqaro N.Q.dan farzandi B.O. maktabning 1-sinf rus guruhiga öqişga qabul qiliş uçun 150 AQŞ dollar miqdoridagi pullarni öz xizmat xonasida qonunga xilof ravişda olayotgan vaqtda aybi oşkor qilingan.
Samarqand bank kollejining kasbiy ta'lim böyiça direktor örinbosari K.T. fuqaro S.X.dan jiyanlari U.K. va M.N.ni kollejning moliya yönalişiga öqişga qabul qilişi uçun 800 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni kollej binosida qonunga xilof ravişda olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvçi idora xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda qölga olingan.
Şahar prokurorining sözlariga köra, yuqoridagi sanab ötilgan holatlar böyiça jinoyat ustida qölga olingan şaxslarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga asosan jinoyat işlari qözğatilgan.
Yiğiliş davomida öqituvçilarning tamagirlik jinoyatiga qöl urişi holatlarining oldini oliş, bunday salbiy holatlarni kelib çiqişiga yöl qöymaslik va kelgusida barça ta'lim muassasalarida yuqoridagi kabi nojöya xatti-harakatlarni bartaraf etiş yuzasidan viloyat örta maxsus, kasb-hunar ta'limi boşqarmasi va şahar xalq ta'limi boşqarmasi mutasaddi rahbarlariga aniq vazifalar belgilab berildi.
Farhod Norbötayev, jurnalist












