Andijonda ikki mansabdor şaxsning noqonuniy harakatlariga çek qöyildi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, Paxtaobod tumani hokimi örinbosari va Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali mansabdori özaro til biriktirib, xizmat mavqelaridan foydalangan holda tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqaroning işonçiga kirişgan. Ular tuman hokimligi zaxirasida bölgan 50 sotix yer maydonini onlayn auksion savdolari orqali arzon narxda mazkur fuqaro nomiga yutib beriş evaziga 100 ming dollar talab qilişgan.

Uşbu ikki mansabdor söralgan puldan 30 ming dollarini uçinçi şaxs orqali olgan vaqtlarida DXX va Boş prokuratura huzuridagi departament xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda qölga olingan.

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a, g” bandlari va 28,211-moddasi (pora beriş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Namangan viloyati Kosonsoy tumani hokimi örinbosari uyiga quyoş paneli örnatiş uçun 65 mln söm olganida uşlangandi.