Xitoy Xalq respublikasi raisi Si Jinping AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan telefon muloqoti çoğida amerikaliklar ma'muriyati Tayvan masalasida «yagona Xitoy» siyosatiga amal qilişiga umid bildirdi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesida xabar qilindi.
Ikki siyosatçining telefon muloqoti Amerika tomoni taşabbusi bilan taşkillaştirildi.
«Biz janob prezident «yagona Xitoy» siyosatini ma'qullaşini yuqori baholaymiz. Umid qilamizki, amerikaliklar tomoni AQŞ-Xitoy bayonnomasi asosida Tayvan masalasida hamkorlik qiladi», degan Xitoy rahbari.
Tramp AQŞning uşbu masaladagi pozitsiyasi özgarmas ekanini ta'kidlagan. «Men yana bir ta'kidlaşni istardimki, AQŞ ma'muriyati yagona Xitoy siyosatini qöllaşda davom etadi. Bu pozitsiya özgarmasdir», degan u.
Ötgan haftada AQŞ Davlat departamenti AQŞ Tayvanga 1,4 milliard dollarga qurol sotgani, şu bilan birga «yagona Xitoy» siyosatini qöllaşini ma'lum qilgandi.
XXR markaziy hukumati va orol viloyat örtasidagi rasmiy munosabatlar 1949 yilda töxtagan. Bu Gomindanning Çan Kayşi boşçiligidagi kuçlari Xitoy kommunistik partiyasi bilan fuqarolik uruşida mağlub bölgaç, Tayvanga ötib ketgani tufayli yuz bergan. Tayvan va Xitoy örtasidagi amaliy va norasmiy aloqalar 1980-yillar oxirlarida tiklangan. 1990-yillar boşidan esa tomonlar nodavlat taşkilotlari orqali aloqada bölib turibdi.












