Bavariya ma'muriy okrugi Yuqori Frankoniya politsiyasi Bavariyada sayyohlik avtobusi falokatga uçraşi oqibatida 18 kişi halok bölganini tasdiqladi.

YTH 3 iyul ertalab Germaniyaning janubidagi A9 şossesida yuz bergan. Saksoniyadan sayyohlarni olib kelayotgan avtobus yuk maşinasi bilan töqnaşib, yonib ketgan. Avtobusda 46 yölovçi va 2 haydovçi bölgan. 30 ga yaqin jabrlanganlar haqidagi ma'lumot darhol berilgan, qolganlarning taqdiri esa yana bir neça soat noma'lum bölib qolgan, ular bedarak yöqolgan deb hisoblanganlar. Qutqaruvçilar omon qolganlarni qidirişga vertolyot jalb qilganlar. Avtobanning avariya yuz bergan qismi uzoq vaqtga tösib qöyilgan.

"30 yölovçi avtobusni tark eta olgan. Ular jarohat olganlar, ular orasida oğir yaralanganlar bor, ular qutqaruv vertolyotlarida şifoxonalarga yetkazilganlar. Qolgan 18 kişi yonayotgan avtobusda halok bölgan", deyilgan politsiya saytida.

Politsiyada ta'kidlanişiça, qurbonlar orasida 66 yoşdan 81 yoşgaça bölgan ayol va erkaklar bor. Jinoyat politsiyasi mutaxassislari va sud tibbiyot ekspertlari jasadlar şaxsini örnatiş bilan şuğullanişmoqda.

Avtobus haydovçisi halok bölgan. Yuk maşinasi haydovçisiga heç narsa qilmagan.

Hukumat YTHni tergov qilmoqda. Mamlakat transport vaziri Aleksander Dobrintning aytişiça, yonğin nima uçun bunçalik tez tarqalgani noaniqligiça qolmoqda.

Germaniya hukumatining rasmiy vakili Şteffen Zaybert halok bölganlar oilalariga va jabrlanganlarga öz hamdardligini va favqulodda xizmatlarga minnatdorçiligini bildirgan. Uning aytişiça, mamlakat kansleri Angela Merkel avtofalokat haqidagi xabarga "katta xavotir" bilan munosabat bildirgan.