Dunyodagi eng maşhur brauzerlar orasida birinçilik Google Çrome'ga nasib etdi. Bu haqida Neowin.net portalida xabar berildi. 

NetMarketShare va StatCounter tadqiqot firmalari hisobotlariga köra, Google brauzeri uluşi bir yilda 10,84 foizga ösgan. 2016 yilning iyulida uning uluşi 48,56 foizni taşkil qilgan bölsa, 2017 yilning iyunida esa 59,49 foizgaça ortgan. 

Internet Explorer brauzeri avvalgidek, ikkinçi örinni egalladi. Şunday bölsa-da, u öz mavqeini ança boy bergan. Uning uluşi 14,81 foizga kamaygan. 2017 yilning iyunida u bozorning uçdan bir qismini (31,65 foizini) egallagan bölsa, şu yilning may oyida bu körsatkiç 16,84 foizgaça pasaygan.

Uçinçi örinda Firefox brauzeri bölib, u öz körsatkiçlarini 4,22 foizga (7,8 dan 12,02 foizga) oşirgan. Boşqa brauzerlar orasida ikki yildan buyon Windows 10 bilan birga yetkaziluvçi Microsoft Edge bozorning taxminan 5 foizini egallaydi. Qolgan 3,5 foiz uluş — Safari brauzeriga tegişli. 

Ta'kidlaş joizki, uşbu statistik ma'lumot 20 ming (NetMarketShare) va 2,5 million (StatCounter) sayt ma'lumotlari asosida olingan. Şu bois ular real vaziyatni töliq ifodalay olmaydi.