Google Chrome brauzeri himoyasidagi kamçilik jinoyatçilarga foydalanuvçilar ma'lumotini öğirlaş imkonini berdi. Bunday nolinçi kun kamçiligi (0day) EdgeSpot taşkiloti xodimlari tomonidan aniqlandi. Ular kompaniya blogida öz hisobotlarini e'lon qilişdi.
Muammo PDF-fayllar bilan işlaşning öziga xos xususiyatlariga boğliq. Ma'lum bölişiça, bunday formatdagi hujjatlar jabrlanuvçi qurilmasi haqidagi ma'lumotlarni begona şaxslarga yetkazib beradi. Buning uçun brauzerda ularni oçişning özi kifoya.
Mutaxassislar bu kamçilikni qöllagan holda amalga oşirilgan ikkita hujumni qayd etişdi. Jinoyatçilar ularda mahalliy köriş kamçiligini qöllovçi ikkita PDF-fayldan foydalanişdi. Oxirgi kampaniya 2018 yilning kuzida jinoyatçilar tomonidan işga tuşirildi.
Xabar berilişiça, uşbu fayllarda xavfli viruslar bölmagan. Tadqiqotçilarning işonç bildirişiça, şu tariqa xakerlar bölajak faol hujumlar uçun yangi qurolni sinab körişga urinişgan.
Google dasturçilari bu zaiflikni 2019 yil aprel oyiga qadar tuzatişga va'da berişdi. Kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislar foydalanuvçilarga Google Çrome’da PDF-fayllarni oçmaslikni, balki brauzerning yangilangan versiyasi çiqişini kutişni tavsiya etmoqda.








