Xavfsizlik böyiça ekspert Jyerom Segura Twitter sahifasida Google Chrome brauzeridagi nuqson haqida ma'lum qildi. 

Uning yozişiça, tovlamaçilar sahifasidagi ma'lum bir JavaScript-kod tufayli brauzer protsessorning zaxiralarini qisqa muddatda sarflay boşlaydi. Buning natijasida kompyuter «qotib» qoladi. Brauzerni faqatgina Windows «vazifalar dispetçeri» orqali yopiş mumkin böladi. Tovlamaçilik kodi öz harakatini bajariş uçun brauzer orqali kirilgan saytlar tarixidan foydalanadi.

Google mutaxassislari mazkur nuqson haqida bilişganini va brauzerni yangilaş ustida iş olib borilayotganini ma'lum qilişdi.