Xalqaro Press-klubda Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov va dunyoning 47 mamlakatidagi elçixonalari vakillari iştirokida jonli muloqoti bölib ötayotgani haqida xabar qilingan edi. Jonli muloqot çoğida Abdulaziz Komilov Afğoniston mavzusiga töxtaldi va uşbu jafokaş mamlakatda bir neça yillardan beri davom etib kelayotgan inqirozli vaziyat yuzasidan fikr bildirdi va qator takliflarni ilgari surdi. Unga köra,  

  • Afğoniston böyiça barça tomonlar bilan birgalikda maxsus dastur işlab çiqiş zarur.
  • “Tolibon” harakati va Afğoniston hukumati özaro muzokaralarni olib borişiga şart-şaroit barpo qiliş kerak.
  • Taşqi manfaatdor tomonlar uşbu davlat içki işlariga aralaşmasdan yoki öz şartlarini ilgari surmasdan muzokaralar ötkaziş imkonini berişlari kerak. 
  • Afğoniston muammosi böyiça har qanday muzokaralar uşbu mamlakatning özida taşkil etilişi lozim.