Seat kompaniyasi Ispaniyaning Barselona şahrida özi işlab çiqargan yangi model — Arona ixçam krossoverining taniştiruvini mutlaqo özgaça tarzda ötkazdi. Avtomobil vertolyot yordamida osmonga kötarildi va ikkinçi vertolyotdan s'yomka işlari olib borildi.
Krossover maxsus tayyorlangan N-simon platformaga mahkamlandi. Parvoz şahar sohili hududida 300 metr balandlikda ötdi va 50 daqiqa davom etdi. Vertolyot vaqti-vaqti bilan öz tezligini soatiga 80 kilometrgaça oşirib turdi. Avtomobil vertolyot ostida 20 metrda osilib turdi.Ilk marta Seat Arona iyun oyida taniştirilgan edi. MQB A0 platformasida barpo etilgan ixçam model («Ibitsa»dan salgina yirik) Citroen C3 Aircross, Hyundai Kona, Kia Stonic va Nissan Juke bilan raqobatga kirişadi.






Yangi avtomobilning motori 95 ot kuçidan iborat, uç silindrli bölib, 1 litr hajmga ega. Uşbu motorning 115 ot kuçiga ega namunasi ham bor, şuningdek, turbolaştirilgan 4 silindrli, 150 ot kuçiga ega versiyasi ham. Maşina ayrim bozorlarga 110 ot kuçiga ega atmosferali motor bilan çiqariladi.
Bundan taşqari, model 1,6 litr hajmga ega 95 va 115 ot kuçiga teng dizel motorlar hamda 90 ot kuçiga ega gazda işlovçi motor bilan ham taklif qilinadi.
Arona’ning jihozlariga adaptatsiyalaşgan kruiz-nazorat, orqani tasvirlovçi kamera, kalitsiz yoqiş qurilmasi, avtotöxtatgiç, smartfonlar uçun simsiz quvvatlaş qurilmasi, 8 dyuym ekranga ega multimediya majmuasi, olti karnayli va 300 vattli sakkiz kanalli kuçaytirgiçga ega sabvuferli Beats audiotizimi kiradi.
Yangi avtomobil keng ommaga kuzda, Frankfurtda ötadigan avtoşouda namoyiş etiladi.












