Xitoy janubi-şarqidagi Xunan viloyatida kuçli yomğirlar tufayli kamida 83 kişi halok böldi yoki bedarak yöqoldi. Bu haqda RIA «Novosti» mahalliy OAVga asosan xabar bergan.
Ta'kidlanişiça, 28 kişi köçkilar tagida qolgan, 13 insonni kuçli suv toşqinlari oqimi olib ketgan, 22 kişi binolar qulaşi tufayli hayotdan köz yumgan, tört nafari çökib ketgan, yana 16 nafari turli sabablarga köra halok bölgan yoki bedarak yöqolgan.
Qutqaruv amaliyotlariga harbiylar, politsiya va qutqariş xizmatlarining 52 mingdan ortiq xodimi jalb etilgan.












