AQŞ Afğonistondagi vaziyatni normallaştiriş strategiyasiga ega emas va deyarli 16 yil muqaddam Osiyoning uşbu davlatida boşlagan uruşni boy bermoqda. AQŞ Kongressi Senatining qurolli kuçlar işlari böyiça qömita raisi Jon Makkeyn  şunday fikrni bildirdi. 

U şu kunlarda Amerika senatorlari delegatsiyasiga rahbar sifatida Afğoniston, Pokiston va BAAga taşrif buyurgan edi. Amerika qonunçilik organi vakillari Kobulda davlat rahbariyati hamda AQŞning uşbu mamlakatdagi harbiy kontingenti qömondoni general Jon Nikolson bilan muzokaralar ötkazdi. 

"Bizda strategiya yöq, şu sabab yutqazayapmiz", - degan Makkeyn CBS telekompaniyasi efirida Afğonistondagi vaziyatni izohlar ekan. Bunda senatorning qayd etişiça, afğon milliy armiyasi "jiddiy yöqotişlar"ni bermoqda. "Biz yangi strategiyani işlab çiqişimiz kerak", - deya işonç bildirgan senator. 

"Biz muammo nimada ekanini bilamiz. U Oq uyda, - deb qayd etgan Makkeyn. – Afsuski, Oq uyda kelişmovçilik hukm surmoqda".

Hozirda, Afğonistonda xalqaro koalitsiyaning 13 mingga yaqin harbiy xizmatçisi bölib, şundan 8,4 mingga yaqini amerikalik askar va ofitserlardir. AQŞ hukumatining Afğonistonni rekonstruksiya qiliş böyiça boş inspektori Jon Sopko xulosasiga köra, Kobul hukumati 2015 yil noyabr oyida mamlakatning 72 foiizini nazorat qilgan bölsa, 2016 yil noyabr oyi holatiga binoan bu hudud 57 foizgaça qisqargan. 

Ötgan haftada The Wall Street Journal naşri yozganidek, Oq uy AQŞ mudofaa vazirligiga (Pentagon) Afğonistonga mustaqil ravişda 3,9 mingdan ortiq bölmagan qöşimça kuçlarni yuborişga ruxsat berdi. Naşr manbalariga köra, şu yilning iyun oyida prezident Donald Tramp Pentagon rahbari Jyeyms Mettisga Afğonistondagi harbiylar sonini mustaqil ravişda aniqlab oliş vakolatlarini bergan edi. Bundan taşqari, vazirga qöşimça körsatmalar yuborilgan.