Bugun Özbekiston paralimpiyaçilari London-2017 Jahon Çempionatiga yöl oldilar. Buyuk Britaniya poytaxti London şahrida yengil atletika böyiça çempionat 14-23 iyul kunlari bölib ötadi.
Çempionatda 10 kun davomida 1300ga yaqin sportçilar 213ta medalli örinlar uçun kuç sinaşadilar. Şular orasida Özbekistondan 7 nafar sportçi bor.
Erkaklar örtasida yengil atletikaning disk va yadro uloqtiriş turlari böyiça keçadigan bellaşuvda Rio-2016 Paralimpiya öyinlari rekordçisi va oltin medal sohibi Husniddin Norbekov, nayza otiş turi böyiça Rio-2016 Paralimpiya öyinlari hamda Baku-2017 Islom birdamlik öyinlari rekordçisi va oltin medallari sohibi Aleksandr Sveçnikov, 100 va 200 metrga yuguriş böyiça Rio-2016 Paralimpiya öyinlari bronza medali sohibi Abduraşidov Mansur, 400 va 1500 metrga yuguriş böyiça Inçeon-2014 Paraosiyo öyinlari 2ta oltin medali sohibi Ma'rufjon Murodullayev hamda uzunlikka sakraş turi böyiça Rio-2016 Paralimpiya öyinlari bronza medali va Baku-2017 Islom birdamlik öyinlari oltin medallari sohibi Doniyor Soliyevlar kuç sinaşadi.
Ayollar örtasida keçadigan bellaşuvda özbekistonliklardan yadro uloqtiriş böyiça Rio-2016 Paralimpiya öyinlari kumuş medali sohibasi Sofiya Burxanova hamda nayza otiş böyiça Rio-2016 Paralimpiya öyinlari rekordçisi va oltin medal sohibasi Nozimaxon Qayumovalar sovrinli örinlar uçun kuç sinaşadi.












