Italiyaning Milan va Kortina-d'Ampetsso şaharlarida ötadigan qişki Paralimpiya öyinlarida Özbekiston şarafini ikki nafar sportçi himoya qiladi. Bu haqda Milliy paralimpiya qömitasi xabar berdi.
Yulduz Mahmudova va Firdavs Xudoyatov para-toğ çanğisi dasturida va gigant slalom yönalişida iştirok etadi.
23 yoşli Yulduz Mahmudova qoyaga çiqiş, gigant slalom va slalom böyiça Özbekiston oçiq çempionatlarida sovrinli örinlarni egallagan.
22 yoşli Firdavs Xudoyatov esa mamlakat çempionatlarida slalom va gigant slalom dasturlarida qatnaşib, turli yillarda oltin, kumuş va bronza medallarini qölga kiritgan.
XIV qişki Paralimpiya öyinlari 6 martdan 15 martgaça bölib ötadi.
Avvalroq, Italiyadagi Olimpiya öyinlarida Özbekiston şarafini ikki sportçi himoya qilgan edi — slalom va gigant slalomda Medet Nazarov hamda şort-trek böyiça 500 va 1500 metr masofalarga konkida uçiş ustasi Daniil Yeybog. Ular sovrinli örinlarni qölga kiritolmadi.








