Toşkentning «Paxtakor» klubi bugun ötkazilgan matbuot anjumanida yana 5 futbolçini tarkibga qöşib olganini e'lon qildi.
«Paxtakor» ikki legioner - braziliyalik Tiago Bezerra va isroillik Gidi Kanyukni, mahalliy futbolçilar Zabihillo Örinboyev, Şerzod A'zamov va Eldor Suyunovni öz futbolçilari sifatida taniştirdi.
«Paxtakor» yangi, ikkita legioner va uçta mahalliy futbolçilarni öz safiga qöşib oldi. Ular kelgusida «Paxtakor»ning şonli tarixini qaytarişda va jamoa yutuqlariga öz hissalarini qöşadi deb işonamiz», - degan klub boş direktor Adisman.
Şerzod A'zamov va Eldor Suyunov birinçi davrani «Nasaf» safida ötkazgan, Zabihillo Örinboyev esa «Olmaliq» şarafini himoya qilgandi.

Tiago Bezerraning oxirgi jamoasi Turkiyaning «Adana Demirspor» klubi bölgan, Gidi Kanuk esa ötgan mavsumni «Makkabi Petax Tikva» jamoasida ötkazgan.

Eslatib ötamiz, mavsum davomida yangi boş murabbiy Şota Arveladzeni Toşkentga taklif etgan, yangi rahbariyat qöliga ötgan «Paxtakor» bungaça «Rostov»dan çernogoriyalik Marko Simiçni transfer qilgandi.












