Rossiya va XXR BMT Xavfsizlik kengaşining KXDRga qarşi AQŞ rezolyutsiyasini qöllab-quvvatlamaydi. U yangi sanksiyalarni közda tutadi, deb yozmoqda "Izvestiya" gazetasi Rossiya diplomatiya doiralaridagi manbasiga tayangan holda.
Avvalroq, Assoşieyted Press agentligi ikki nafar diplomatga asoslangan holda AQŞ XKning doimiy a'zolari – Rossiya, XXR, Buyuk Britaniya va Fransiyaga — KXDRga nisbatan yangi jazo çoralari qöllaşni nazarda tutuvçi rezolyutsiya loyihasini tarqatganini xabar qilgan edi. Bunga Şimoliy Koreyaning ehtimoliy qit'alararo ballistik raketa sinovi sabab qilib körsatilgandi.
"Taklif etilayotgan çeklovlar Pxenyanga energiya manbalarini yetkaziş va uşbu mamlakat fuqarolarining xorijda işlaşini taqiqlaşni nazarda tutadi. Hujjatni na Moskva, na Pekin qöllab-quvvatlaydi", — degan naşr suhbatdoşi.
Uning sözlariga köra, Moskva bu masalaga yondaşuvini aniqlab olgan. U qöşimça sanksiyalarga qarşi.
AQŞning BMTdagi domiy vakili Nikki Heyli rasmiy Vaşington yaqin kunlarda BMT XKga Pxenyanga javob tariqasida yangi rezolyutsiyani taqdim etişini ma'lum qilgan edi. AQŞ bu mamlakatga iqtisodiy bosimni kuçaytiriş niyatida. Xavfsizlik kengaşining boşqa ikki doimiy a'zosi – Buyuk Britaniya va Fransiya hujjatni ma'qullagan.
Şimoliy Koreya 4 iyul kuni navbatdagi ballistik raketa sinovini ötkazdi. Rossiyaga köra, gap örta masofaga uçadigan raketa haqida bormoqda. AQŞ fikriça, u qit'alararo raketadir.












