Çexiya YeI kvotalari doirasida faqatgina 50 nafar qoçqinni qabul qilişi va öz hududida joylaştirişi mumkin. Bu haqda mamlakat içki işlar vaziri Milan Xovanets xabar bergan.

Çexiyalik vazir Italiya va Gretsiya hukumatini Pragaga topşirilayotgan qoçqinlarni xavfsizlikka tekşiriş jarayoniga rioya etmaslikda aybladi.

«Xavfsizlikka tekşiriş: Sen terrorçimisan yoki yöq, savoli bilan çeklanmasligi lozim. YeIning heç bir davlati kvotalar böyiça şartnoma şartlariga rioya qilayotgani yöq. Şuning uçun Pragaga qöyilayotgan barça ayblovlar asossizdir», - degan vazir. Uning ta'kidlaşiça, Rim va Afina erişilgan kelişuvlarga rioya etayotgani yöq.

«Çexiya Respublikasi qoçqinlar muammosining fundamental yeçimini izlaşda yordam körsatişga tayyor», - deya qöşimça qilib ötgan Xovanets.