Özbekistonning Çexiyadagi elçixonasida uşbu mamlakatning ZYLORA kompaniyasi vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi. Unda Özbekiston Migratsiya agentligi va Çexiya Soğliqni saqlaş vazirligi örtasida tibbiyot xodimlari va hamşiralarni tartibga solingan mehnat migratsiyasi asosida işga jalb etiş masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar uşbu yönalişdagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, malakali mutaxassislarning Çexiyaga qonuniy va tartibli işga joylaşişini ta’minlaş böyiça fikr almaşdi. Şuningdek, mehnat migratsiyasi sohasida ikki davlat örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari ham körib çiqildi.
Uçraşuvda ZYLORA kompaniyasi vakillari kelgusida Çexiyada işga joylaştiriş uçun Özbekistonda hamşiralarni tayyorlaydigan ixtisoslaştirilgan öquv kurslarini taşkil etiş imkoniyatini örganayotganini ma’lum qildi.
Bundan taşqari, kompaniya Çexiyaga tibbiyot xodimlarini yuboriş bilan boğliq amaldagi qonunçilik, me’yoriy-huquqiy baza va tartib-taomillarni batafsil örganiş niyatida ekanini bildirdi.
Ma’lum qilinişiça, Çexiyada röyxatdan ötgan ZYLORA kompaniyasi xalqaro biznesni rivojlantiriş, kompaniyalarni röyxatdan ötkaziş, moliyaviy va soliq masalalari böyiça konsalting hamda xalqaro bank xizmatlarini körsatiş bilan şuğullanadi. Keyingi yillarda kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, Özbekiston bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratmoqda.













