Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev boşçiligidagi delegatsiyaning Çexiyaga amalga oşirgan xizmat safari doirasida mehnat migratsiyasini rivojlantiriş va özbekistonlik mutaxassislarni işga joylaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Çexiya Soğliqni saqlaş vaziri Adam Voytex bilan bölib ötgan muzokaralar yakunida tibbiyot sohasida pilot loyihani amalga oşiriş va qöşma «Yöl xaritasi»ni işlab çiqiş böyiça özaro anglaşuv memorandumi imzolandi.

Qayd etilişiça, Çexiya soğliqni saqlaş tizimida dastlabki bosqiçda 400 nafarga yaqin hamşira va ijtimoiy xodimga ehtiyoj mavjud.

Şuningdek, Markaziy Yevropaning yirik xususiy tibbiyot tarmoqlaridan biri bölgan Penta Hospitals International kompaniyasi bilan ham memorandum imzolandi. Hujjat özbekistonlik kadrlarni Çexiya, Slovakiya va Polşadagi şifoxonalarga işga joylaştirişni nazarda tutadi.

Taşrif davomida Çexiya Savdo palatasi hamda MONTO, s.r.o. va TOPSEARCH, s.r.o. kompaniyalari rahbariyati bilan ham uçraşuvlar ötkazildi. Unda sanoat, avtomobilsozlik, logistika va transport sohalariga özbekistonlik mutaxassislarni jalb qiliş masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida çex iş beruvçilarining ehtiyojlaridan kelib çiqib, fuqarolarni Özbekistonning özida turib çex tili va talab yuqori bölgan kasblarga öqitiş, şuningdek, iş beruvçilar bilan töğridan töğri hamkorlik mexanizmlarini yölga qöyiş böyiça muhim kelişuvlarga erişildi.