Özbekistonning Çexiyadagi elçixonasida uşbu davlatning “ZYLORA” kompaniyasi biznesni rivojlantiriş böyiça menejyeri Zilola Irgaşeva bilan uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvda Özbekiston Migratsiya agentligi va Çexiya Soğliqni saqlaş vazirligi örtasida tartibga solingan mehnat migratsiyasi asosida tibbiyot xodimlari va hamşiralarni işga jalb etiş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Tomonlar uşbu yönalişdagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, malakali mutaxassislarning qonuniy va tartibli işga joylaşişini ta’minlaş masalalarini muhokama qildi. Şuningdek, mehnat migratsiyasi sohasida Özbekiston–Çexiya hamkorligini kengaytiriş istiqbollari haqida ham fikr yuritildi.
Kompaniya vakillari kelgusida Çexiyada işga joylaştiriş uçun Özbekistonda hamşiralarni tayyorlaydigan ixtisoslaştirilgan öquv kurslarini taşkil etiş imkoniyatini örganayotganini ma’lum qildi.
Işbilarmonlar kompaniyaning uşbu yönalişdagi kelgusi faoliyat strategiyasini işlab çiqiş maqsadida Özbekistondan Çexiyaga tibbiyot xodimlarini yuborişni tartibga soluvçi amaldagi me’yoriy-huquqiy baza, tartib-taomillar va qonunçilik talablarini batafsil örganiş niyatida ekanini bildirdi.

















