2017 yilning 14 iyul kuni taxminan soat 19:00larda Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan Mirzo Uluğbek tumani hududida ötkazilgan tezkor tadbir davomida, Quyuv-mexanika zavodi muxandisi lavozimida işlovçi Fayzi Abdurahimov fuqaro Maftuna Abdusalomovaning (jabrlanuvçining anketa ma'lumotlari özgartirilgan) işonçiga kirib, özini Toşkent temir yöl transporti muhandislari instituti xodimi sifatida taniştirib, uning öğlini mazkur oliygohning mansabdor şaxslariga pora beriş yöli bilan öqişga kiritib qöyişni va'da qilib, buning uçun undan 8.000 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan qölga olingan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tuman prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya'ni ança miqdorda, özganing mulkini aldaş va işonçni suiiste'mol qiliş yöli bilan qölga kiritiş) va 28, 211-moddasi 1-qismi (pora berişga dalolatçilik qiliş) alomatlari bilan jinoyat iş qözğatilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.

Oliygohga öqişga kiriş qonunda belgilangan tartibda amalga oşiriladi. Şuningdek, buning uçun pora bergan şaxslar ham Özbekiston Respublikasi JKning tegişli moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilişlari belgilangan.

Yuqoridagi şaxsning xatti-harakatidan jabr körganlar bölsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi içki işlar organlariga murojaat etişlari mumkin.